Nospetsifik yarali kolitda disregenerator jarayonlarning kasallik davrlariga bog‘liq morfometrik va patomorfologik xos xusutsiyatlari
Ushbu monografiya nospetsifik yarali kolit (NYaK) bilan kasallangan bemorlarda yo‘g‘on ichak shilliq qavatidagi patomorfologik o‘zgarishlar, kasallikning kechishi, prognozi va davolash usullarini o‘z ichiga oladi. Kitobda kasallikning etialogiyasi, patogenezi, klinik-morfologik xususiyatlari, diagnostikasi, davolash usullari va qiyosiy tahlili batafsil yoritilgan. Morfometrik va immunogistokimyoviy tadqiqotlar natijalari asosida aniqlangan o‘zgarishlar tahlil qilingan. Monografiya tibbiyot xodimlari, xususan gastroenterologlar, patologanatomlar va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kasallikni chuqurroq tushunishga va samarali davolash usullarini qo‘llashga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Nospetsifik yarali kolitning tushunchasi, epidemiologiyasi, etialogiyasi va patogenezi: Ushbu bo‘limda nospetsifik yarali kolitning ta’rifi, epidemiologiyasi, dunyodagi va O‘zbekistondagi tarqalishi, kasallikning etologik omillari (irsiy moyillik, infeksiyalar, atrof-muhit omillari, dorilari), patogenezi (immun tizimining buzilishi, T-limfotsitlar, sitokinlar, autoimmun jarayonlar) batafsil yoritilgan.
- Nospetsifik yarali kolitning klassifikatsiyasi va klinik-morfologik o‘zgarishlari: Monografiyada nospetsifik yarali kolitning tasniflanishi (o‘tkir, surunkali, fulminant turlari), klinik belgilari (diareya, qorin og‘rig‘i, qon ketishi), mahalliy va tizimli asoratlari (toksik megakolon, ichak perforatsiyasi), shuningdek, yo‘g‘on ichakdagi morfologik o‘zgarishlar (shilliq qavatning distrofiya, yallig‘lanish, eroziya, yaralar) batafsil tasvirlangan.
- Nospetsifik yarali kolitni diagnostikasi va morfometrik tadqiqot usullari: Kitobda nospetsifik yarali kolitni diagnostikasi uchun qo‘llaniladigan usullar (kolonoskopiya, biopsiya, gistologik, morfometrik, immunogistokimyoviy tekshiruvlar) haqida ma’lumot berilgan. Morfometrik tadqiqot usullari, ularning turlari va qo‘llanishi hamda statistik tahlil usullari haqida batafsil ma’lumot keltirilgan.
- Nospetsifik yarali kolitning turli davrlari va shakllarining morfologik va morfometrik xususiyatlari: Ushbu bo‘limda nospetsifik yarali kolitning o‘tkir va surunkali davrlarida, shuningdek, turli shakllarida (o‘rta og‘ir, og‘ir) shilliq qavatning strukturasida, bezlarida, kriptalarida yuzaga keladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlar batafsil tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari jadvallar va diagrammalar orqali ko‘rsatilgan.
- Amaliy tavsiyalar: Monografiya oxirida nospetsifik yarali kolitni diagnostikasini yaxshilash bo‘yicha proktolog, patologoanatom va onkologlar uchun amaliy tavsiyalar berilgan.