Международная организация гражданской авиации ICAO
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi hududida havo transportini tashkil etish va xalqaro aviatsiya standartlariga muvofiq ravishda yo'lovchi va yuk tashish qoidalarini belgilaydi. Unda aviatsiya xavfsizligi, yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish, bagaj tashish, shikoyatlarni ko'rib chiqish, tariflar va aviatsiya sohasidagi huquqiy me'yorlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kitob talabalar va aviatsiya sohasi xodimlari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Xalqaro aviatsiya tashkiloti (ICAO): ICAOning tashkil etilishi, maqsadlari, vazifalari, tuzilishi, a'zolik shartlari va ICAOning O'zbekiston aviatsiyasidagi roli.
- Havo huquqi: Xalqaro havo huquqining asosiy tushunchalari, tamoyillari, konvensiyalari va O'zbekistonning havo qonunchiligi.
- Yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish: Yo'lovchilarni ro'yxatga olish, bagajni rasmiylashtirish, parvozni kechiktirish yoki bekor qilish holatlarida xizmat ko'rsatish qoidalari.
- Bagaj tashish: Bagajni qabul qilish, tashish, saqlash va topshirish qoidalari, ortiqcha bagaj uchun to'lovlar, yo'qolgan yoki shikastlangan bagaj holatlarida kompensatsiya to'lash tartibi.
- Shikoyatlar va da'volar: Yo'lovchilarning shikoyat va da'volarini ko'rib chiqish tartibi, da'vo muddati, kompensatsiya to'lash qoidalari.