Постковид синдромда ривожланган буйраклар дисфункциясини эрта ташхисоти ва даволашга ёндашувлар
Ushbu monografiyada postkovid sindromda rivojlangan buyraklar disfunktsiyasini erta tashxisi va davolashga yondashuvlar o'rganilgan bo'lib, unda COVID-19 infeksiyasi bilan og'rigan bemorlarning buyrak funktsiyasi, uning zararlanish mexanizmlari va ushbu kasallikning buyraklarga ta'siri batafsil tahlil qilingan. Tadqiqotda o'tkazilgan laborator va instrumental tekshiruvlar natijalari, shuningdek, bemorlarni davolashdan oldin va keyin olgan natijalari tahlil qilingan. Kitobda postkovid sindrom va uning buyraklarga ta'siri bo'yicha jahon tajribasi va O'zbekistondagi tadqiqotlar hamda tavsiyalar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Postkovid sindrom: COVID-19 infeksiyasidan keyin paydo bo'ladigan uzoq muddatli sog'liq muammolarini va ularning buyraklarga ta'sirini o'rganish.
- Buyraklar disfunktsiyasi: Postkovid sindromda buyraklar funksiyasining o'zgarishi, uning rivojlanish mexanizmlari va erta tashxisi usullarini aniqlash.
- Davolashga yondashuvlar: Postkovid sindromli buyrak disfunktsiyasini davolash bo'yicha yangi yondashuvlarni, jumladan, antioksidant terapiya va uning samaradorligini o'rganish.
- Laborator va instrumental tadqiqotlar: COVID-19 o'tkazgan bemorlarda o'tkazilgan laborator va instrumental tekshiruvlar natijalarini tahlil qilish va ularning postkovid buyrak o'zgarishlariga ta'sirini baholash.
- Biomarkerlar va diagnostika: Buyrak disfunktsiyasini erta aniqlash uchun nefrin, sitatin C, D-dimer, feritin, prokalsitonin kabi biomarkerlarning ahamiyatini baholash va diagnostik usullarni takomillashtirish.