If you need greatness…

Ushbu kitobda Oʻzbekistonda xotin-qizlarning ilm-fan va taʼlim sohasidagi ishtiroki, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, duch kelayotgan to‘siqlar va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, gender tengligini ta’minlash, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ularning ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi rolini oshirishga qaratilgan davlat siyosati haqida batafsil ma'lumot berilgan. Har bir jamiyatning taraqqiyoti, madaniy va iqtisodiy yuksalishi, aynan bilimga asoslangan yondashuvlar orqali amalga oshadi. Ayollarning ilm-fan, texnologiya, tibbiyot, muhandislik, tadbirkorlik kabi sohalarda faol ishtiroki ijtimoiy taraqqiyotga hissa qo‘shayotgani, shuningdek, zamonaviy O‘zbekistonda ayollar uchun yaratilgan sharoitlar, grantlar va mentorlik dasturlari orqali kelajakda o‘z imkoniyatlarini yanada kengaytirishi natijasida jamiyatning rivojlanishi ta'kidlangan.

Asosiy mavzular

  • Ayollar, ilm-fan va ta'lim sohasidagi ishtiroki: Zamonaviy jamiyatda ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni, ularning tarbiya va ta’limdagi roli, hamda oilaviy munosabatlarda tutgan mavqeyi yoritiladi. Xotin-qizlarning ta’lim olishi, jamiyatda faol ishtirok etishi va oila ichidagi ijobiy munosabatlar jamiyatning barqarorligini mustahkamlash borasidagi fikr-mulohazalar hamda bu borada yurtimizda olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida yoritilgan.
  • Ayollar yetakchiligi va siyosiy ishtiroki: Maqolada ayollarning siyosiy faoliyati, rahbarlik lavozimlaridagi o‘rni, yetakchilik salohiyati va bu sohadagi ijobiy o‘zgarishlar muhokama qilinadi. Ayollarni siyosiy jarayonlarga keng jalb etish orqali jamiyat taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shilayotgani, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqola zamonaviy islohotlar, xalqaro tajriba va O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy muhitiga asoslanib yozilgan.
  • Ayollar va ekologiya: Atrof-muhitni muhofaza qilishdagi roli: Maqolada ayollarning ekologik muhofazadagi o‘rni, ularning ekologik ongini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va xalqaro ekologik harakatlardagi ishtiroki yoritilgan. Ayniqsa, qishloq joylarda yashovchi ayollar ekologik resurslardan oqilona foydalanishni, tabiat qonunlariga mos yashashni amaliyotda namoyon etib kelishmoqda. Ayollar o‘z farzandlariga ekologik tarbiya berish orqali kelajak avlodni ham sog‘lom, ham ma’naviyatli bo‘lib yetishishiga hissa qo‘shadi.
  • GENDER TENGLIGI VA HUQUQIY HIMOYA – XOTIN-QIZLARNING HUQUQLARI VA ULARGA TAALUQLI QONUNCHILIK: Maqolada gender tengligi tushunchasi, uning ijtimoiy va huquqiy asoslari, O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash borasidagi qonunchilik bazasi tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro normalar va ularning milliy qonunchilikka integratsiyasi, gender tengligiga erishishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinadi. Maqola so‘ngida gender tengligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.