Biologiya fanidan

Ushbu uslubiy qoʻllanma "Biologiya" fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish uchun tayyorlangan. Unda biologiya va biotexnologiya laboratoriyalariga qoʻyiladigan asosiy talablar, asbob-uskunalar bilan ishlash tartibi, hujayra va toʻqima bilan ishlash jarayonida sterillash usullari, mikroorganizmlarni oʻstirish, ularni saqlash, biomassa ajratish va tahlil qilish kabi muhim mavzular yoritilgan. Qoʻllanma biotexnologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • Biologiya va biotexnologiya laboratoriyasiga qoʻyiladigan asosiy talablar va asbob-uskunalar bilan ishlash tartibini oʻrganish: Ushbu bo'limda laboratoriya ishlarini bajarishga qo'yiladigan asosiy talablar, texnika va yong'inga qarshi xavfsizlik qoidalari, asbob-uskunalar va reaktivlar bilan ishlash tartibi hamda umumiy tavsiyalar bayon etilgan.
  • Hujayra va toʻqima toʻplamlari bilan ishlash jarayonida sterillash usullari: Laboratoriya sharoitida hujayra va to'qima namunalarini sterillash usullari, zarur materiallar va idishlarni sterillash usullari haqida ma'lumot berilgan.
  • Mikroorganizmlarni oʻstirish uchun ozuqa muhitlarini sterillizatsiyalash qurilmalari ishlash prinsipi: Mikroorganizmlarni toza holda oʻstirish uchun zarur boʻlgan ozuqa muhitlari va ularni tayyorlash usullari, shuningdek, sterillash qurilmalarining ishlash prinsipi tushuntirilgan.
  • Bakteriyalardan spora va kristallarni ajratib olish va mikroskopda tekshirish: Bakteriyalarning biomassasini ajratib olish, undan sporalar va kristallarni alohida ajratish va ularni mikroskopik tahlil qilish usullari bayon etilgan.
  • Bakteriya va zambrugʻlarni suyuq va qattiq ozuqa muhitlarda koʻpaytirish va ularni saqlash: Mikroorganizmlarni aerob va anaerob sharoitda oʻstirish, ularni suyuq va qattiq ozuqa muhitlarida koʻpaytirish va saqlash usullari yoritilgan.
  • Ozuqa muhitlar va ularni tayyorlash (Mikroorganizmlar uchun): Mikroorganizmlarni koʻpaytirish uchun ozuqa muhitlarini tayyorlash, sterillash, ularga produsentlarni ekish va biomassa olish usullari bayon etilgan.
  • Mikroorganizmlar biomassasidan ajratib olingan biologik faol moddalarni tahlil usullari (Uglevodlar misolida): Kultural suyuqlikdagi va ozuqa muhitidagi biologik faol moddalarni, xususan glyukoza miqdorini aniqlash usullari tushuntirilgan.