Олмани вегетатив пайвандтагилар усиши варивожланишини морфо биологик хусусиятлари
Ushbu kitob olma ko‘chatlari yetishtirish, intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish va hosildorlikni oshirish masalalariga bag‘ishlangan. Unda olma klon payvandtaglarini yetishtirish texnologiyalari, ko‘chat materiallarini ko‘paytirish usullari, o‘simliklarni parvarishlash agrotexnikasi va iqtisodiy samaradorlik kabi muhim jihatlar yoritilgan. Tadqiqot natijalariga asoslangan ilmiy ma’lumotlar va amaliy tavsiyalar berilgan.
Asosiy mavzular
- Olma klon payvandtaglarini yetishtirishning morfobiologik xususiyatlari: Olma daraxti vegeativ payvandtaglarining morfobiologik va ishlab chiqarish tavsifi berilgan.
- Olma payvandtaglarini ko'paytirish usullari: Yashil qalamchalar orqali ko'paytirishning afzalliklari va usullari batafsil tahlil qilingan. Har xil o'sish kuchiga ega bo'lgan payvandtaglar va ularning vegetativ ko'paytirish usullari haqida malumot berilgan
- Ko'chatlarni parvarishlash agrotexnikasi: O'simliklarni sug'orish, oziqlantirish, shakllantirish va himoya qilish bo'yicha tavsiyalar keltirilgan. O'g'itlarning o'simliklarga ta'siri va optimal miqdorlari aniqlangan.
- Bog'dorchilikning iqtisodiy samaradorligi: Yangi texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy jihatlari, xarajatlarni kamaytirish va foydani oshirish yo'llari ko'rsatilgan.