Umumiy fizika (elektr bo'limi)

Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimini darslik va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2009-yil 5-yanvar 4-son qaroriga muvofiq texnika oliy ta’lim muassasalarining 60712100 - Metallurgiya, 60721500 - Konchilik ishi, 60721900 - Konchilik elektr mexanikasi, 60720800 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish, 60720300 - Texnologik mashinalar va jihozlar, 60710100 - Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha), 60710700 - Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar, 5320300 - Texnologik mashinalar va jihozlar, 5310600 - Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi yo‘nalishlari bakalavr talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Umumiy fizika fanining Elektr bo‘limidan barcha mavzular bayoni berilgan. Mavzularni mustahkamlash uchun xizmat qiluvchi savol va masalalar bilan ham ta’minlangan. Darslikda fizikaviy masalalarni yechishning qiziqarli, sodda va qulay usullari bilan birga ko‘plab hayotiy va qiziqarli masalalar ham o‘rin olgan. Ushbu darslik texnika oliy ta’lim muassasalari Umumiy fizika fanining fan dasturi asosida tayyorlangan.

Asosiy mavzular

  • Elektrostatik maydon va uning xususiyatlari: Elektr zaryadi, Zaryadlarning saqlanish qonuni, Kulon qonuni, Elektrostatik maydon kuchlanganligi, Superpozitsiya prinsipi, Vakuumdagi elektrostatik maydon uchun Gauss teoremasi va uning sodda elektr maydonlarini hisoblashda qo‘llanilishi. Elektrostatik maydon kuchlarining bajargan ishi.
  • Elektr maydon kuchlanganlik vektorining oqimi: Elektrostatik maydon kuchlanganlik vektorining sirkulyatsiyasi. Elektrostatik maydon potentsiali. Nuqtaviy zaryad va zaryad tizimi maydonlarining potentsiali. Elektrostatik maydon kuchlanganligi bilan potentsiali orasidagi bog’lanish. Elektr dipoli va uning maydoni.
  • Elektrostatik maydondagi dielektriklar va o’tkazgichlar: Dielektriklarning turlari. Dielektriklarning qutblanishi. Elektr siljish vektori. Dielektrik singdiruvchanlik. Muhitdagi elektr maydon uchun Gauss teoremasi. Pezoelektriklar, segnetoelektriklar va ularning texnikada qo‘llanilishi. Elektrostatik maydondagi o‘tkazgich. Elektr maydonga kiritilgan o‘tkazgichdagi zaryadlarning taqsimlanishi. Elektrostatik induktsiya qonuni. Elektr sig’imi. Kondensatorlar sig’imi. Elektr zaryadlarining o‘zaro ta'sir energiyasi. Zaryadlangan o‘tkazgichlar tizimining energiyasi. Zaryadlangan kondensator energiyasi. Elektrostatik maydon energiyasi va uning zichligi.
  • O‘zgarmas tok qonunlari: O‘tkazgichlardagi elektr toki. Om va Joul-Lens qonunlarining differentsial va integral ko‘rinishlari. Kirxgof qoidalari.
  • Muhitlarda elektr toki: Metallarda va vakuumdagi elektr toki. Boguslovskiy- Lengmyur qonuni. Richardson-Deshman formulasi. Gazlardagi elektr toki. Ionlanish va rekombinatsiya jarayonlari. Zaif ionlashgan gazlarning o‘tkazuvchanligi.
  • Vakuumda elektr toki: Vakuumda elektr toki. Gazlarda elektr toki. Mustaqil va mustaqil bo‘lmagan gaz razryadlari.
  • Vakuumda magnit maydoni: Vakuumda magnit maydoni. Metallardan elektronlarning chiqish ishi. Gazlarda elektr toki. Ionlanish va rekombinatsiya jarayonlari. Gaz razryadining to‘liq voltamper xarakteristikasi. Mustaqil gaz razryadlarining turlari va ularning qo‘llanilishi. Plazma haqida tushuncha.
  • Induksiya vektorining sirkulyatsiyasi va oqimi: Solenoid va toroidning magnit maydoni induktsiyasi. Elektromagnit induktsiya hodisasi. Transformatorlar.
  • Elektromagnit induksiya hodisasi: Elektromagnit induktsiya hodisasi. Faradey tajribalari. Faradeyning elektromagnit induktsiya qonuni. Lents qoidasi. O‘zinduktsiya hodisasi. Induktivlik. Fuko toklari. Elektr zanjirini ulash va uzishdagi ekstratoklar. O‘zaro induktsiya. Transformatorlar. Magnit maydon energiyasi va uning zichligi.
  • Moddalarning magnit xususiyatlari: Moddalarning magnit xususiyatlari. Moddadagi magnit maydon. Molekulyar toklar. Magnitlanish vektori. Muhitlardagi magnit maydon uchun to‘la tok qonuni. Magnetiklarning turlari. Diamagnetiklar. Paramagnetiklar. Ferromagnetiklar va gisterezis hodisasi.
  • Elektromagnit maydon uchun Maksvell tenglamalari: Vakuumdagi magnit maydoni. Magnit maydon induktsiya vektori. Magnit maydonning tokli o‘tkazgich va elektr zaryadlariga ta’siri. Amper kuchi. Parallel toklarning o‘zaro ta’siri. Magnit maydonni xarakatdagi zaryadga ta’siri. Lorents kuchi. Bir jinsli magnit maydonida zaryadli zarralar harakati. Xoll effekti. Tezlatgichlar.
  • Elektromagnit tebranishlar va to’lqinlar: Tebranish konturidagi fizik jarayonlar. Elektromagnit tebranishlar. Elektromagnit to‘lqinlar.
  • Elektromagnit to‘lqinlar: Elektromagnit to‘lqin energiya zichligi va energiya oqimining zichligi. Umov-Poyting vektori. Elektromagnit to‘lqinlarni qo‘llanishi.Tayanch iboralar: elektromagnit to‘lqin, tarqalish tezligi, to‘lqin tenglamasi, energiya zichligi, Poyting vektori.
  • O‘zgaruvchan elektr tokini tavsiflovchi tenglamalar: Magnit maydonda a siklik chastota bilan aylanayotgan ramkada (generatorda) hosil bo‘ladigan o‘zgaruvchan EYuK: Kuchlanishning amplituda qiymati va tokning maksimal qiymati orasidagi bog‘lanish: Qarshilikli tebranish konturining zaryadlar va kuchlanishning amplitudalari (va effektiv qiymatlari I va U) orasidagi bog‘lanish.