Sabzavot ekinlari genofondi
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” kafedrasi tomonidan tayyorlangan ushbu o‘quv-uslubiy majmua sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari genofondini boyitish va ulardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan. Unda sabzavot va poliz ekinlarining genetik resurslari, ularning dunyo va O‘zbekistondagi o‘rni, saqlash va foydalanishning zamonaviy usullari, milliy va xalqaro qonunchilik, shuningdek, agrobioxilmaxillikning jahon va mintaqaviy ahamiyati, uning rivojlanishidagi muammolar va yechimlari, hamda fermerlarning huquqlari kabi muhim masalalar keng yoritilgan. Shuningdek, kitobda ushbu mavzularga oid amaliy mashg‘ulotlar va nazorat savollari ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Respublikamizda meva-sabzavot yetishtirish tizimini takomillashtirish, meva-sabzavot ekiladigan maydonlarning hosildorligini oshirish, saqlash va qayta ishlash quvvatlarini ko‘paytirish hamda xalqaro moliyaviy institutlarning mablag‘larini jalb etishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda yiliga 21 million tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi. Lekin marketing yo‘qligi, jahon bozoridagi holat o‘rganilmasligi oqibatida eksport talablariga javob beradigan mahsulotlar yetarli miqdorda yetishtirilmayapti. Bog‘ va tokzorlarda hosildorlik juda past. Meva-sabzavotni saralash, qadoqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha 4 ta agrologistika markazi tashkil etilgan. Lekin aylanma mablag‘lar yetishmasligi va doimiy mahsulot yo‘qligi tufayli mavjud quvvatlardan atigi 10-15 foizidan foydalanilmoqda. Prezidentimiz rahbarligida 2020 yilning 14 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida shu kabi muammolar har tomonlama tahlil etilib, meva-sabzavot eksportini tizimli tashkil qilish, mahsulot ishlab chiqaruvchi bilan eksportyor o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida tarmoqda klaster tizimi joriy qilish vazifasi qo‘yildi. Avvalo, tizimdagi shartnomaviy munosabatlarni to‘g‘ri shakllantirish, mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksportchining manfaati, majburiyati hamda javobgarligini aniq belgilash muhimligi ta’kidlandi.
- 1-mavzu: SABZAVOT, POLIZ EKINLARI VA KARTOSHKA GENOFONDI FANINING MAQSADI VA VAZIFASI: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshka genofondi fanining maqsadi va vazifalari. Dunyo miqyosida aholi salomatligi, uning energetika, ichimlik suvi va xavfsiz oziq-ovqat ta’minoti global muammo hisoblanadi. Bugungi kunda FAO malumotiga qaraganda yer sharida qariyb 6,5 mlrd. dan ortiq kishi yashamoqda va har 50 yilda aholi ikki barobarga ortmoqda. Shu bois insoniyatni oziq-ovqat bilan ta’minlash masalasi birinchi o‘ringa chiqmoqda. Inson hayotida sabzavotlarning ahamiyati katta. Ular tarkibida turli xildagi biologik faol moddalar ko‘p bo‘lganligi uchun ularni “salomatlik sarchashmalari” deb ham yuritiladi. Sabzavotlar tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan vitaminlarni 15 tasi mavjuddir, mineral tuzlar, fermentlar, fitonsitlar va boshqa biologik faol moddalarning ko‘pligi ular insonlarning muhim oziqa moddasi ekanligidan dalolat beradi. Shunga ko‘ra aholi hayotini davomiyligi va mehnatga layoqatliligi sabzavotchilikni rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Dunyo hamjamiyati tomonidan buning chuqur e’tirof etilgani bois, sabzavot va poliz ishlab chiqarish hajmi yiliga ortib bormoqda. 2011-2013 yillar bo‘yicha jahonda yiliga eng ko‘p kartoshka ishlab chiqaruvchi birinchi beshlikka quyidagi davlatlar kirgan: Xitoy (85,9 mln.t.), Hindiston (45,0 mln.t.), Rossiya Federatsiyasi (29,5 mln.t.), Ukraina (23,2 mln.t.) AQSh (19,1 mln.t.). Ikkinchi beshlikda Germaniya (10,6 mln.t.) yetakchi bo‘lib, undan so‘ng Polsha (9,09 mln.t.), Bangladesh (8,2 mln.t.), Belorussiya (6,9 mln.t) va Gollandiya (6,7 mln.t.). Fransiya – 6,3 mln.t., Eron-5,4 mln.t. Kanada, Buyuk Britaniya, Misr, Peru, Aljir va Pokiston davatlari 4 mln.t dan ortiq kartoshka ishlab chiqarmoqdalar. Sersuv mevasi va etli qismi oziq-ovqatga ishlatiladigan bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklar sabzavotlar deb ataladi. Ilgarilari sabzavot ekinlari asosan tomorqalarda-sabzazor-larda o‘stirilgan. Qovun, tarvuz, qovoqlar esa maxsus uchastkalarda-polizlarda yetishtirilgan. Sabzavot yoki poliz ekinlari degan nom ana shundan kelib chiqqan bo‘lib, sabzavotchilik yoki polizchilik deyiladi. Sabzavotchilik dunyo dehqonchiligida eng qadimiy asosiy va yetakchi tarmoqlardan hisoblanadi. Sabzi, sholg‘om, sarimsoq, lavlagi 2 ming, karam, bodring, piyoz kabilar 4 ming yildan beri ekiladi. Markaziy Osiyoda, ya’ni bizda qovun eramizdan ilgari ham yetishtirilgan.
- 2-Mavzu. O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan ishlarning mazmuni: O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti — o‘simlikshunoslik bo‘yicha yirik ilmiy-uslubiy markaz. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibida. 1925 yilda N.M.Vavilov tashabbusi bilan Leningrad amaliy botanika, genetika va selektsiya institutining O’rta Osiyo bo‘limi tashkil etilgan. 1935 yildan Butunittifoq o’simlikshunoslik institutining O’rta Osiyo tajriba stansiyasi, 1979 yildan shu institutining O’rta Osiyo filiali. 1991 yildan hozirgi nomda. Toshkent viloyat Qibray tumani Oqqovoq qishlog‘ida joylashgan. Qishloq xo‘jalik ekinlarining namunalarini yig‘ish va introduktsiya qilish; introduktsiya qilingan o‘simliklarni karantin ko‘rigidan o‘tkazish; o‘simliklar genofondini saqlash
- 3-mavzu: Genofond va genetik fond haqida tushuncha Ex situ kolleksiyalarini saqlash va faoliyatini kuchaytirish.: Genetik fond, genofond (gen va frans. fond — asos) — individlarda mavjud boʻlgan va mazkur populyatsiyann tashkil qiluvchi genlar yigʻindisi. G. f. irq va turlarning paydo boʻlish jarayoni asosidir. "G. f." terminini fanga rus olimi A. S. Serebrovskiy kiritgan (1928). Populyatsiyadagi genlarning nisbiy takrorlanishi yetarli darajada katta populyatsiyalar miqyosida va tanlash roʻy bermaydigan sharoitlarda avloddan-avlodga oʻzgarishsiz oʻtadi. Populyatsiyalar G. f. mutatsiyalarmusht vujudga kelishi, duragaylash (biron-bir boshqa populyatsiyadan genlarning oʻtishi) va tabiiy tanlanish natijasida oʻzgaradi. Krossingover yoki meyozda xromosomalarning qayta taqsimlanishidan yuzaga keluvchi rekombinatsiya genning yangi birikmalarini hosil qiladi. Natijada vujudga kelgan yangi fenotiplar muayyan darajada yashovchanlikka qulay yoki, aksincha, noqulay boʻlishi mumkin. N. I. Vavilov birlamchi va ikkilamchi gen markazlari haqidagi tushunchani ifodalab berdi (q. Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari). Tur populyatsiyalari G. f. tarkibi tarixan gen markazlarida shakllangan. Botanik olim P. M. Jukovskiy madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish va shakl hosil qilishining 12 ta megamarkazini aniqladi. Biroq taksonomik tarkibining keng koʻlamda roʻy berayotgan qashshoqlanishi va koʻpgina ekosistemalar strukturasining soddalashib borishi ularning optimal darajada faoliyat koʻrsatishini hamda barqarorligini cheklab qoʻimoqda. Koʻp populyatsiyalargina emas, balki koʻpgina turlar va hatto turkumlar yoʻqolib ketmoqda, natijada insoniyat qimmatli genetik materialdan mahrum boʻlmoqsa. G. f.ni saqlab qolishda oʻsimliklar (flora) geog .si va dunyo kolleksiyalari (genlar banki)ning ahamiyati katta. Dunyo kolleksiyasi — juda turli-tuman genotiplar, agroekologik belgi va xususiyatlar yigʻindisi boʻlib, ulardan ijodiy ilmiy ishlarda foydalaniladi. Mas, 30-y.larda Meksikadan N. I. Vavilov keltirgan akala gʻoʻza populyatsiyasi Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmanistonda yangi seleksion navlarni yaratish uchun asos boʻldi.
- 4-mavzu: Global harakat rejasi FAO ning o‘simliklar genetik resurslari to‘g‘risidagi bitimning shakli va mazmuni.: Agrobioxilmaxillik sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy va siyosiy asoslari. Globallashuv jarayonlari va birgalikda harakat qilish qoidalarini belgilaydigan yangi xalqaro mexanizmlar paydo bo‘layotgani munosabati bilan bioxilma-xillikning aniq va yashirin ahamiyati keskin oshayotgan, genetik resurslarga ega bo‘lish va ularni nazorat qilish, deyarli barcha mamlaktalarning bir-biriga bog‘liqligi kuchayib borayotgan bir sharoitda milliy hamda global muammolarni hal etishga nisbatan yondashuvlar bo‘yicha strategiya va siyosatni to‘g‘ri tanlashda davlat muhim o‘rin tutadi. XX asr davomida dunyoning aksariyat davlatlari asosan o‘simliklar genetik resurslari va ularning yovvoyi turlarini to‘plash, saqlash va ulardan foydalanish sohasida faoliyat olib bordi. Akademik N.I.Vavilov va uning safdoshlari (Pluckett, Smith, Williams, 1987, Kloppenburg, 1988, Pistorius, 1997, Pistorius, Wijk, 1999) agrobioxilma-xillikni jalb etishni ilmiy va nazariy jihatdan asoslab bergan dastlabki olimlardir. Ular o‘simliklar genetik resurslarini saqlash, o‘rganish hamda keyinchalik turli ilmiy va seleksiya dasturlarida foydalanish maqsadida boshqa mamlakatlarda ham rejali hamda bosqichma-bosqich ko‘chirish, iqlimlashtirishga asos soldi. Yer sharining turli mintaqalarida o‘tkazilgan ko‘plab ekspeditsiyalar samarasida turli mamlakatlar olimlari tomonidan xilma-xil o‘simliklarning qimmatbaho, ba’zida noyob kolleksiyalari yaratildi. Shu maqsadda erkin to‘plangan va saqlangan o‘simliklar genetik resurslaridan «insoniyat umumiy boyligi» sifatida foydalanildi. Bugungi kunda genetik resurslarni to‘plash va saqlash prinsiplari mutlaqo o‘zgargan. «Insoniyat umumiy boyligi» «davlatning o‘z genetik resurslari uchun suveren huquqi» ga aylandi. Germoplazmani taqdim etishni nazorat qilish va ex situ kolleksiyalarini boshqarish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan ishlab chiqilgan yangi shartlar hamda mexanizmlari paydo bo‘ldi. Ular bioxilma-xillik komponentlaridan milliy va global darajada foydalanishda asosiy vositaga aylandi. Boshqaruvning yangi shartlari, tendensiyalari, xalqaro prinsip va mexanizmlarini har tomonlama xolis o‘rganmasdan va tizimli ravishda tahlil etmasdan, genetik
- 5-mavzu: Xilma–xil o‘simliklarni saqlash uchun tashkilotlar faoliyatini va texnik imkoniyatlarni shakllantirish.: Genetik resurslarni saqlashda turli idora va tashkilotlarning o‘rni. O‘simliklar genetik resurslariga oid faoliyat mamlakat ichidagi qishloq xo‘jaligi, atrof–muhit muhofazasi va iqtisodiyotni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan turli idora va tashkilotlarning sa’y–harakatlari bilan bog‘liqdir. Ushu jarayonga davlat, xususiy, nodavlat, xalqaro va boshqa muassasalar, shuningdek, fermerlar, seleksionerlar, huquqshunoslar, siyosatchilar va ayrim shaxs hamda jamoalar jalb etilgan. Ko‘pincha xatti–harakatlarnning muvofiqlashmagani, aniq belgilangan maqsad va vazifalarning yo‘qligi, rejalashtirishdagi kamchiliklar genetik xilma–xilliknii oqilona saqlash va undan samarali foydalanishga to‘sqinlik qiladi. Shu bois o‘simliklar genofondi salohiyatini amalga oshirish uchun uni saqlash va undan foydalanish uchun sa’y–harakatlarni birlashtirish zarur. Bu boradagi an’anaviy yondashuv – genbankning markazlashtirilgan imkoniyatlariga e’tibor qaratish – barham topish tendensiyasiga ega. Negaki, bu holatda asosiy e’tibor germoplazmani ex situ sharoitida saqlashga qaratiladi. Amalga oshiriladigan tadbirlarni yagona milliy daastur doirasida birlashtirish nafaqat mamlakat, balki mintaqalar va dunyo miqyosida manfaatdor tomondar o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlaydi, muvofiqlashtiradi va samaradorlikni oshiradi, ortiqcha xarajatlar va keraksiz nusxa ko‘chirishni istisno etadi. Milliy darajada faoliyat yuritish muhimligi BXKda ham qayd etilgan: “O‘zaro kelishayotgan har bir tomon o‘zining muayyan sharoit va imkoniyatlariga muvofiq milliy strategiyalarni ishlab chiqadi va ularni amalga oshirish choralarini belgilaydi” [11].
- 6-mavzu: Genetik resurslarni saqlash–globallashuv sharoitida davlatning muhim ustuvor yo‘nalishi.: Har bir davlat mintaqaviy muammolarni hal etishga o‘z ta’sirini o‘tkazishni kuchaytirish, imkoni boricha o‘ziini o‘zi ta’minlash, ichki bozorni rag‘batlantirish va tartibga solish, tashqi bozorda muvaffaqiyatli raqobatlashish va shu tariqa aholi farovonligini ta’minlashga intiladi. Ikkinchi tomondan, davlat jahon hamjamiyati tomonidan ishlab chiqilayotgan huquqiy normalarga bo‘ysunadi. Mazkur ikkki yoqlama pozitsiya uzoq vaqt mavjud bo‘ladi. Xalqaro darajada qabul qilinayotgan qarorlar asosan davlat faoliyati orqali amalga oshirilishi mumkin. Davlat esa ushbu qarorlar asosida o‘z siyosatini ishlab chiqadi. Har qanday davlat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi, qaror topgan milliy, diniy va ma’naviy an’analar, tabiiy va genetik resurslar mavjudligi bilan belgilanadigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Rivojlangan davlatlar azaldan tabiiy xilma-xillikka, sanoati rivojlangan davlatlar esa yangi texnologiyalarga ega bo‘lgan. Biroq, mamlakatlarning bir-biriga bog‘liqligi ularni o‘zaro kelishtiruvchi yechimlarni topishga majbur etadi. Bioxilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyaning asosiy talabi - bioxilma-xillikni asrab-avaylash, uning tarkibiy qismlaridan barqaror foydalanish va bunday foydalanish samarasida boyliklarni adolatli teng taqsimlash uchinchi dunyo mamlaktalari siyosatchilariga “o‘z biologik xilma-xillikni saqlash uchun davlat javobgarligini” e’tibordan chetda qoldirib, o‘z bioresurslari bilan “savdo” qilish imkonini bermoqda.
- 7-mavzu: FAO – o‘simliklar agrobioxilmaxilligi doirasida hamkorlik qilishning bosh mexanizmi.: FAO xalqaro bitimining asosiy qoidalari. Oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi uchun o‘simliklar genetik resurlaridan foydalanish va ulardan foydalanishdan teng daromad olish bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlik tizimi (KHT) FAO Xalqaro bitimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bitimning asosiy qoidalari, ularning BXK moddalari bilan bog‘liqligini va o‘simliklar bioxilma-xilligini saqlash va undan barqaror foydalanishda ikki muhim shartnomani qiyosiy tahlil qilamiz. Xalqaro bitim 7 qism, 35 modda va 2 ilovadan iborat. Bizningcha quyidagilar ular orasida eng asosiylari: III-qism – Fermerlar huquqlari; IV-qism – Foydalanishning ko‘p tomonlama tizimi va daromadni taqsimlash; V-qism, 15-modda, Maslahat guruhining Xalqaro markazlarida saqlanayotgan ex situ kolleksiyalar haqida; VI-qism – Moliyaviy qoidalar, shuningdek, I-ilova – Ko‘p tomonlama hamkorlik tizimiga kiradigan ekinlar ro‘yxati.
- 10-mavzu. Genetik resurslarni saqlash milliy tizimini boshqarish va ulardan foydalanish shartlarini tartibga solish.: Genetik resurslar doirasida milliy qonunchilikni shakllantirish sharoitlari va asosiy maqsadlari. Bioxilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyaning maxsus qoidalari genetik resurslardan birgalikda foydalanish va buning natijasida teng daromadolish muammolariga bag‘ishlangan (BXK, 15-modda (3-band), 16-modda (1 va 2-band). Bu qoidalar mahalliy tub jamoalarning genetik resurslarga doir bilimlar va axborot almashish amaliyotini hurmat qilish, saqlash va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi moddalar bilan to‘ldirilgan (8, 17-modda). Turli davlatlarda ishlab chiqilayotgan qonunchilik, ma’muriy va siyosiy xususiyatga ega chora-tadbirlarni to‘rt toifaga ajratish mumkin: 1) genetik resurslarning ochiqligi va ulardan foydalanishdan olingan daromadni teng taqsimlash bo‘yicha alohida qonunchilik; 2) Konvensiya qoidalarini amalga oshirishga taalluqli qonunlar; 3) mavjud qonunlarni o‘zgartirish yoki ularga qo‘shimchalar kiritish; 4) genetik resurslardan foydalanishga bog‘liq bo‘lmagan, ammo pirovard natijada foydalanish va daromadlarni taqsimlashga doir ayrim muammolar hal etilishini ta’minlaydigan choralarni ko‘rish. Yo‘nalishlardan birini tanlash yoki ularni uyg‘unlashtirishni mamlakatning o‘zi tanlaydi, davlatning bu boradagi strategiyasi, muayyan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy shartlari, hududida boy yoki noyob bioxilma-xillikning mavjudligi, shuningdek, genetik va boshqa tabiiy resurslarni to‘plash, saqlash, o‘rganish va ulardan foydalanish muammolariga taalluqli keng ko‘lamli qonunchilik bazasi bilan aniqlanadi. Eng muhimi – davlat strategiyasi va qonunchilikda bayon etilgan qoidalar xalqaro amaliyot va ilgari qabul qilingan hukumatlararo konvensiyalar va shartnomalar bilan uyg‘unlashishi lozim.
- 11-mavzu. Genetik resurslarni boshqarishni strategik rejalashtirish va milliy tizimni ishlab chiqish: Milliy dastur bioresurslarni boshqarish tizimining asosiy elementi sifatida. Xalqaro hamjamiyat globallashuv jahon taraqqiyotining muhim tendensiyasiga aylangan davrga kirib bormoqda. Davlatning muhim siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarining katta qismi asta-sekin xalqaro tashkilotlar vakolatiga o‘tmoqda yoki turli konvensiyalar, ko‘p tomonlama shartnoma va bitimlar bilan tartibga solinmoqda. Mamlakatlar oldida turgan ko‘pgina muammolar milliy davlat doirasidan tashqariga chiqqani sababli faqat birgalikda sa’y-harakatlar orqali hal etilishi mumkin. Bunday sharoitlarda mamlakatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini strategik rejalashtirish, ishlab chiqilgan reja va milliy dasturlarni amalga oshirish uchun qulay shart-shgaroitlar yaratish har bir milliy davlatning asosiy vazifasi bo‘lishi lozim. Bunga har bir yo‘nalishni boshqarish bo‘yicha aniq tizim shakllantirilib joriy etilganda, ishtirokchi shaxslar aniqlanganda, ular o‘rtasida muvofiqlik yo‘lga qo‘yilib, xatti-harakatlar va jarayonlar to‘g‘ri tartibga solinganda erishish mumkin.
- 12-mavzu. Genetik resurslarni, agrobioxilmaxillikni asrash, barqaror foydalanish va oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga intigratsiya qilish.: Milliy dastur bioresurslarni boshqarish tizimining asosiy elementi sifatida. Genetik resurslarni saqlash va undan foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston milliy dasturining moxiyati nimadan iborat. Oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga agrobioxilmaxillikni integratsiyalash.