Islom dini tarixi va falsafasi

Ushbu «Islom dini tarixi va falsafasi» o'quv-uslubiy majmua talabalarga Islom dinining paydo bo'lish tarixi,Payg'ambarimizga vahiy kelishi, islomdan oldingi davrlarda arabiston yarim orolidagi madaniy hayoti va Islom dinining asl mazmun-mohiyatini ochib berishni maqsad qilgan. Majmuada Islom falsafasi, Kalom ilmi, Tasavvuf, Xavorijlar, Mo‘taziliya, Ash’ariya ta’limotlari kabi mavzular chuqur o'rganilgan. Shuningdek, u Islom falsafasining rivojlanish bosqichlari, Markaziy Osiyo allomalarining hissasi va Islom falsafasi bilan bog'liq ko'plab atamalarning lug'aviy va istilohiy ma'nolari tahlil qilingan. Qo'shimcha ravishda, Islom falsafasining ilm-fan bilan aloqasi va uning rivojlanishidagi rol'i ham yoritilgan. Har bir mavzu bo'yicha o'qitish texnologiyalari, baholash mezonlari va tavsiya etilgan adabiyotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Islom dini tarixi va falsafasi kursi dinshunoslik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Kurs arabistonda islomdan oldingi jamiyat, diniy va ma’naviy qadriyatlarning holati, o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat kabi mavzular bilan boshlanib, islom dinining yuzaga kelishi, Payg‘ambar a.s. faoliyatlari, Islom tarixining Makka davri, Madina davri kabi bosqichlari haqida ma’lumotlar beradi. Kursni o‘qitish jarayonida talabalardan nafaqat seminar mashg‘ulotlariga mustaqil tayyorlanish, balki ayrim mavzu masalalarini mustaqil ravishda hamda referativ ishlarni tayyorlash talab etiladi.
  • Islom falsafasining Falsafasishunoslik tarixi: Ushbu kurs bevosita «Islom falsafasishunoslik tarixi», «Islom falsafasishunoslikka kirish», «Islomshunoslik» fanlari bilan uzviy bog‘liqdir. Fanni o‘rganish o‘qitishning an’anaviy va interaktiv, jumladan suhbat, disput, muammoli o‘qitish kabi usullarni qo‘llash va texnik vositalardan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
  • Islom dini kelishi arafasida arablarda yakkaxudolik g‘oyalari: Islom arafasida diniy tafakkur tez rivojlanganining yorqin dalili – har xil aqidalarning ko‘pligidir. Johiliya arablarining «dahr» aqidasiga alohida to‘xtash lozim. Bu aqida insonning taqdiri oldindan belgilanganligi, u erkin iroda yoki ixtiyor egasi emasligi, peshonasiga «yozilgan» narsa albatta sodir bo‘lajagi va undan qutulib bo‘lmasligi haqida edi. Aksariyat johiliya arablari shu aqidada edilar, deb taxmin qilish mumkin.
  • Payg‘ambarimizning shajaralari va tavallud topishlari hamda birinchi vahiy kelishi va Payg‘ambarimiznig hijratlari: Ushbu darsda Payg‘ambarimizning Ibrohim (a.s.)ga qadar bo‘lgan nasl shajaralari haqida, ul zotning tavallud topishlari, Hadicha (r.a.)ga uylanishlari, birinchi vahiyning nozil bo‘lishi hamda Payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijrat qilishlari haqida ma’lumotlar beriladi.
  • Islom falsafasii karim - Allohning muqaddas kitobi. Islom falsafasining sahifalanishi va oyatlari soni: Islom falsafasining nozil bo‘lish haqida. Makkiy va madaniy suralarning farqi. “Sura” va “oyat” kalimalarining ma’nolari. Nozir bo‘lgan oyatlarni jamlanish tarixi. Abdulloh ibn Mas’ud va Zayd ibn Sobitning Islom falsafasini mus’haf xolatiga keltirishdagi xizmatlari haqida hamda Islom falsafasidagi sura va oyatlarning adadi haqida ma’lumotlar.
  • Xulafoi Roshidin, umaviylar va abbosiylar davri: Muhammad (s.a.v.) vafot etishlari. Xalifalik saylovi. Abu Bakr Siddiq xalifalik davri. Umar ibn Xattob xalifaligi davrida islom dinining tarqalishi. Usmon Ibn Affon xalifalik davri. Uyushtirilgan fitna oqibatlari. Ali ibn Abu Tolib xalifalik davri haqida. Jamal va Siffin voqealari. Xulafoi roshidun xalifalik davrida amalga oshirilgan islohotlar. Umaviylar xalifaligining tashkil topishi. Muoviya ibn Abu Sufyon umaviylar davlatining asoschisi. Umaviylarning fath yurishlari. Umaviylar davlatining inqirozga uchrash sabablari. Abbosiylar sulolasi hukmronligining boshlanishi. Abbosiylar davridagi islohotlar. Abbosiylar davrida ilm-fan, xo‘jalik va madaniyatning rivojlanishi. Abbosiylar davlatining zaiflashishi va bo‘linib ketishi.
  • Shari’at ilmlari. Fiqh ilmi: usul al-fiqh va furu’ al-fiqh: Shari’at so‘zining ma’nosi shari’at insonning 5 ta asosiy manfa’atlarini muhofaza qilishga qaratilgan: 1. Dinni muhofaza qilish, 2. Hayotni muhofaza qilish, 3. Aqlni muhofaza qilish, 4. Nasl va avlodni muhofaza qilish, 5. Molu mulkni muhofaza qilish. Shari’at ilmlaridan “Qiro’at ilmi”, “Tafsir ilmi”, “Hadis ilmi” haqida ma’lumot. Shari’at ilmlaridan fiqh ilmi uning maqsadi shari’at hukmlarini to‘g‘ri tushunish va amal qilish haqida.
  • Kalom ilmi tarixi va rivojlanishi: Kalom ilmining vujudga kelishi. Kalom ilmining tarixiy taraqqiyot yo‘li. «Ilmul kalom» atamasi. Kalom atamasining keng va tor ma’nolarda qo‘llanilishi. Mutakallimlar va faylasuflar o‘rtasidagi farqlar. Ilohiyot, nubuvvat, kavniyot, sam’iyot haqida tushuncha. Kalom ilmining boshqa nomlari haqida. Salaflarning kalom ilmiga bo‘lgan munosabatlari.
  • Kalom ilmida Moturidiy ta’limoti va uning vakillari: Abu Mansur al-Moturidiy hayoti va ilmiy merosi haqida moturidiya ta’limotining paydo bo‘lish tarixi. Movarounnahrda faoliyat olib borgan hanafiya-moturidiya ta’limoti vakillari: Abdilkarim al-Pazdaviy, Abu Yusuf al-Pazdaviy, Abul Mu’in an Nasafiy, Najmiddin Umar an-Nasafiy, Alouddin as-Samarqandiy, Ibrohim as-Saffor, Alouddin al-Asmandiy kabi olimlarning ilmiy meroslari haqida ma’lumot.
  • Mo‘taziliya ta’limoti vakillari va ularnig aqidaviy qarashlari: Mo‘taziliya ta’limotining keng tarqalishi: Bag‘dod va Basra maktabi vakillari haqida ma’lumot. Mo‘taziliya ta’limotining 5 ta asosi: 1. al-Adl – adolat, 2. at-Tavhid – yakkaxudolik, 3. al-Va’d val va’id – va’da va jazo, 4. al-Manzila bayna manzilatayn – arosat, 5. al-Amr bil ma’ruf van nahiy val mukar – yaxshilikka chaqirish va yomonlikdan qaytarish g‘oyalarining asl mazmun-mohiyati haqida. Mo‘taziliylarning aqlni naqldan (Islom falsafasi va hadis) ustun qo‘yishlari haqida.
  • Tasavvuf ilmining paydo bo‘lishi va rivojlanishi: dastlabki mutasavviflar: Hasan al-Basriyning faoliyati. Movarounnahrdan yetishib chiqqan mutasavvif allomalar, xususan, Hakim at-Termiziy, Bahouddin Naqshbandiy, Ahmad Yassaviy, Xoja Axror Valiy kabi sufiylar haqida ma’lumotlar. Shuningdek, so‘fiylikning kelib chiqishi. Islomning ilk davridagi so‘fiylar. «Ahlu-s-suffa». Tasavvuf ilmining shakllanish bosqichlari. Tasavvuf ilmidagi maqomlar. Tasavvuf ilmining Movarounnahrga kirib kelishi. Tasavvuf tariqatlari. Xojagon, naqshbandiya, yassaviya, kubraviya tariqatlari. Tariqatlarning asoslari va tamoyillari. Tasavvuf manbalari. Tasavvuf adabiyoti. Uning paydo bo‘lish sabablari.
  • Islom dinida falsafaning o‘rni va islom falsafasining paydo bo‘lishi: Islom falsafasining yunon falsafasidan farqli jihatlari haqida. Islom falsafasining paydo bo‘lish tarixi va omillari haqida. Islom falsafasining kalom, aqoid va fiqh ilmlari bilan bog‘liq jihatlari. Umaviylar Amiri Xolid ibn Yazid davrida Ximiya va Ilm an ujum faning rivoji. VII asrga kelib arab fathi davrida yunon faylasuflarining, xususan Aristotelning mantiq asarlarini arab tiliga tarjima qilinishi haqida. Ibn Boja (v. 1138 y.), Ibn Tufayl (v. 1175) kabi arab faylasuflarining islom falsafasi rivojidagi xizmatlari haqida.
  • Islom dinidagi dastlabki falsafiy asarlar: Abu Yusuf Ya’qub ibn Is’hoq al-Kindiy – birinchi arab faylasufi. Islom falsafasida yaratilgan birinchi falsafiy asarlar. Al-Kindiy ijodiga bo‘lgan munosabatlar. Abu Nasr al-Farobiy ijodida falsafiy g‘oyalar. Abu Ali Ibn Sinoning islom falsafasidagi tutgan o‘rni. Yuqoridagi ikki faylasuf ijodida Aflotun g‘oyalari.
  • Kalom ilmi tarixi va rivojlanishi: Kalom so‘zi arabcha bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi gap, nutq, bayon demakdir. Fan tilida u mantiq va falsafa qoidalariga asoslangan aql va tafakkurning mahsuli o‘laroq alohida fan sifatida ta’riflanadi. Islom dini ta’limoti aql va tafakkurga emas, balki iloщiy kыrsatmalarga asoslangan bыlgani uchun Islom dinining ilk davrlarida faqatgina Islom falsafasi va Sunna ta’limoti bilan cheklanish shart sanalib, mantiq, falsafa, kalom kabi fanlardan foydalanish qat’iy ravishda taqiqlangan.
  • Kalom ilmida Ash’ariya ta’limoti tarixi va uning vakillari: Olimning to‘liq nomi Abul Hasan Ali ibn Ismoil (873-935) – ilohiyotchi olim, Basrada tug‘ilib, otasi Basra mu’taziliylarirahbari bo‘lmish Abu Ali Jubbaiydan ta’lim oladi. Uning 100 lab risolalaridan 2 tasi saqlanib qolgan: 1-“Maqolat al-islamiyyin” 2-“Al-Lum’a”.
  • Kalom ilmida Moturidiy ta’limoti va uning vakillari: Sunniy e’tiqodidag ikki yirik oqimdan biri bo‘lib, asoschisi Abu Mansur al Moturudiy (870-944) bo‘lib, hayoti haqida ma’lumotlar oz. Ta’limottning yirik vakillari: Abul Hasan ar-Rustug‘foriy (v. 961), Is’hoq ibn Muhammad as-Samarqandiy va Abdulkarim al-Pazdaviy (v. 999), Abu Ahmad al-Iydiy.
  • Mo‘taziliya ta’limoti tarixi va uning rivojlanishi: Mo‘taziliylar tarixda doim biri biri bilan musobaqada bo‘luvchi bir qancha guruxlarga bo‘linganlar. Ularning eng yirigi IX-X asrlarda Basra va Bag‘dod maktablari edi. Basralik davrada: Muammar ibn Abbad (v. 830), Abul Huzayl al-Allof an Nazzom (v. 845), al-Johiz (v.868), Abu Ali alJubbaiy (v.915) va uning o‘g‘li Abu Hoshim (v.933) eng yirik vakillari edi.
  • Xavorijlar haqida ma’lumot: «Xaraja» arabcha so‘z bo‘lib, chiqmoq, ajralib chiqqanlar, isyonchilar degan ma’noni anglatadi. Islomdagi eng ilk diniy-ciyosiy oqim hisoblanib, xalifa Ali (ra) va Muoviya tarafdorlari o‘rtasida xalifalikda hukmronlik uchun kurash ketayotgan bir davrda vujudga kelgan. Siffin yaqinida 657 yili xalifa Alining Muoviya tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokora olib borishga ko‘nishi uni haqiqiy vorislik huquqiga ega deb hisoblagan tarafdorlarining o‘rtasida norozilik tug‘dirdi.
  • Islom dinida movarounnahrlik faylasuflar: Abu Nasr al-Farobiy, Ibn Sino va ularning merosi: Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ ibn Tarxon Forobiy vatanimizning dovrug‘ini butun islom dunyosiga yoygan buyuk mutafakkir edi. Abu Nasr Forobiy hijriy 260(873) yilda Aris daryosi Sirdaryoga quyiladigan joyda Shosh-hozirgi Toshkentdan 200-260 kilometr Shimoliy-g‘arbda joylashgan Forob (O‘tror) degan joyda tug‘ildi. U Forobda o‘qidi, Shoshda bo‘ldi, Buxoro va Samarqandda ta’lim oldi. Bag‘dodda ilmiy izlanishlarini davom ettirib umrining oxirigi yillarida Xalabda, so‘ngra Damashqda yashadi va shu yerda 950 yili vafot etdi.
  • Yetti harf tushunchasi: Yetti harf tushunchasi haqida hadislarda talqin qilinishi va olimlar tomonidan talqin qilinishi. Islom falsafasini sharhlash va tahlil qilishning muhim jihatlari. Yetti harf tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan qabilalar haqida tushunchalar beradi.
  • Islom falsafasii karimni jamlanish bosqichlari: Islom falsafasii karimning jamlanish bosqichlari va ularning ahamiyati. Savollar o‘rtaga tashlanadi va ulardan javoblar kutiladi. Islom falsafasii karimni jamlanishiga doir naqliy dalillar asosida jadval ko‘rinishidagi materiallarni tayyorlab kelishni e’lon qilish.
  • Yetti harf va yetti qiroat tushunchalari orasidagi farqlar: Islom falsafasii karimni yaxlit holda nozil qilinishi, bo‘lak-bo‘lak qilib nozil etilishi, Payg‘ambar (s.a.v.), Abu Bakr (r.a.) va Usmon (r.a.) davrlarida Islom falsafasii karimni jamlanishi o‘rganiladi.