Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish
Ushbu kitob "Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalash" fanidan tayyorlangan o’quv uslubiy majmua bo’lib, unda maktabgacha ta’lim jarayonini loyihalash, ushbu jarayonni tashkil etish, mazmunini aniqlash va amalga oshirishning turli usullari, hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash, loyihalash jarayonida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish, tasviriy faoliyat, syujet-rolli o'yinlar kabi muhim jihatlar atroflicha yoritilgan. Kitobda shuningdek, ta'lim tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish bo'yicha davlat siyosati, xorijiy tajribalar va ilg'or metodlar hamda ta'lim natijalarini baholash mezonlari ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalash: Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashning nazariy asoslari, turlari, bosqichlari va zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, pedagogik faoliyatni loyihalashning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.
- Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loyihalashtirish faoliyatining ahamiyati: Pedagogik faoliyatni loyihalashning turlari, bolalarning rivojlanishida loyihalashtirish faoliyatining ahamiyati, shuningdek, maktabgacha ta’lim mazmun-mohiyati va ta’lim tizimidagi o’rni yoritilgan.
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida loyihalash usullari: Innovatsion pedagogik texnologiyalar, ularning bosqichlari va maktabgacha ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan usullar tahlil etilgan.
- Maktabgacha ta’limda bolalarning yosh xususiyatlari: Har bir yosh guruhidagi bolalarning rivojlanish xususiyatlari, qurilish va konstruksiyalash faoliyatini loyihalash va undan matematik bilimini shakllantirish yo’llari ko’rsatilgan.
- Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun syujet-rolli o‘yinlarni loyihalashtirish: Syujet-rolli o'yinlar turlari, ularning sahnalashtirishga rahbarlik qilish usullari va bunday o'yinlarning bolalar rivojlanishiga ta'siri tahlil qilingan.
- Rivojlantiruvchi til va nutq markazida pedagogik faoliyatni loyihalashtirish: Rivojlantiruvchi til va nutq markazlari, ularning bolalar nutqini rivojlantirishdagi ahamiyati va loyihalash usullari tushuntirilgan.
- Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini loyihalashtirish: Tasviriy faoliyat turlari, ularni loyihalash metodlari va usullari, mustaqil tasviriy faoliyat jarayonini tashkil etish yo’llari ko’rsatilgan.
- Maktabgacha ta’limda muammoli ta’limni tashkil etish bosqichlari: Muammoli ta’limni tashkil etish bosqichlari, pedagogik texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari va o‘ziga hos xususiyatlari tahlil qilingan.
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mul’timediyalardan foydalanish: Mul’timediya tushunchasi, kelib chiqishi, maktabgacha ta’limda ulardan foydalanish usullari va ahamiyati yoritilgan.