Ko‘p tilli o‘zbek talabalarida lisoniy identiklikning sotsiolingvistik aspekti

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekistonda koʻp tilli talabalarning lisoniy identikligini sotsiolingvistik jihatdan oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda koʻp tillilikning nazariy asoslari, milliy va madaniy shaxsiy identiklik bilan aloqadorligi, til siyosati va jamiyatdagi tillarning oʻrni kabi masalalar atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari koʻp tilli shaxslarning til tanlovi, ularning ijtimoiy-madaniy aloqalari va shaxsiy identikligini shakllantirishda hamda rivojlantirishda muhim omil bo'lgan lingvistik va globallashuv omillarini oʻrganishga qaratilgan. Dissertatsiya Oʻzbekistonning lingvistik manzarasi, tillarning davlat va jamiyat hayotidagi oʻrni hamda koʻp tillilikning ijtimoiy-madaniy ahamiyati boʻyicha ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan.

Asosiy mavzular

  • Lisoniy identiklikning nazariy-metodologik asoslari: Tadqiqotning birinchi bobida identiklik va lisoniy identiklik tushunchalarining mazmuni, tasnifi, ularning oʻrganilish tarixi, nazariy-metodologik yondashuvlar, shuningdek, identiklikni shakllantiruvchi omillar, jumladan, lingvistik omillar tahlil qilingan. Tillararo munosabatlar, shaxsning lingvistik repertuari va ijtimoiy-madaniy omillarning lisoniy identiklikka ta'siri ham ko'rib chiqilgan.
  • Lisoniy identiklik shakllanishi va namoyon boʻlishiga ta'sir etuvchi omillar tasnifi hamda Oʻzbekiston sharoitida tadbiqi: Ikkinchi bobda lisoniy identiklik shakllanishiga ta'sir etuvchi makro va mikro omillar klassifikatsiyasi, Oʻzbekistondagi til vaziyati, til siyosati va ta'lim jarayonida tillarning oʻrni hamda ahamiyati atroflicha tahlil qilingan. Millatlararo munosabatlar va madaniy aloqalarning tilga ta'siri, shuningdek, koʻp tillilikning Oʻzbekiston jamiyatidagi ijtimoiy-madaniy ahamiyati ham yoritilgan.
  • Koʻp tilli oʻzbek talabalarida lisoniy identiklikning sotsiolingvistik aspekti empirik tahlili: Uchinchi bobda koʻp tilli oʻzbek talabalarining lisoniy identikligini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan empirik tadqiqot natijalari tahlil qilingan. Tadqiqotda lingvistik repertuar, til tanlovi, emotsional va madaniy assotsiatsiyalar, shaxsiy qarashlar va stereotiplar kabi jihatlar asosida talabalarning lisoniy identikligi ochib berilgan. Tadqiqot natijalari asosida Oʻzbekistonda koʻp tillilikning ijtimoiy-madaniy ahamiyati va til siyosatining oʻrni haqida muhim xulosalar qilingan.