Movarounnahrda IX-XII asrlarda hunarmandchilikning rivojlanishi
Ushbu kitob Oʻzbekiston hududida IX-XII asrlarda hunarmandchilikning rivojlanishini, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar bilan bogʻliqligini oʻrganadi. Kitobda hunarmandchilikning asosiy turlari, ishlab chiqarish markazlari va texnologiyalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda o'quvchilarning o'zlashtirishlari uchun test uslublaridan foydalaniladi.
Asosiy mavzular
- Movarounnahrda IX-XII asrlardagi siyosiy jarayonlar va uning hunarmandchilik rivojiga ta'siri: Ushbu bobda somoniylar va qoraxoniylar davrida siyosiy barqarorlik va iqtisodiy yuksalish hunarmandchilikning rivojlanishiga qanday ta'sir ko'rsatganligi tahlil qilinadi.
- IX-XII asrlarda Movarounnahrda hunarmandchilikning asosiy turlari va rivojlanish omillari: Kulolchilik, to'qimachilik, metallga ishlov berish, yog'och o'ymakorligi va shisha ishlab chiqarish kabi hunarmandchilik turlari batafsil ko'rib chiqiladi. Har bir sohaning texnologiyalari, mahsulot assortimenti va ishlab chiqarish markazlari yoritiladi.
- Mavzuni o'quvchilarga urgatishda "Blits so'rab bilish" tanqidiy tafakkur va "Test" usuli texnologiyalaridan foydalanish: O'quvchilarga hunarmandchilik mavzusini o'rgatishda "Blits so'rab bilish", tanqidiy tafakkur va test uslublaridan foydalanishning metodikasi va samaradorligi ko'rsatilgan. Test savollarini tuzish va o'quvchilarni baholash usullari keltirilgan.