Ўзбекистон республикаси конституциявий ҳуқуқи

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi fanining asosiy tushunchalari, manbalari, tizimi, subyektlari, shuningdek, O‘zbekiston konstitutsiyasining umumiytavsifi va asosiy prinsiplariga bag‘ishlangan darslikdir. Kitobda konstitutsiyaviy taraqqiyot bosqichlari, davlat tuzilishi, inson huquqlari, jamiyat va shaxs munosabatlari kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Konstitutsiyaviy huquq fanining asosiy tushunchalari va manbalari: Konstitutsiyaviy huquq tushunchasi, predmeti, manbalari, tizimi, konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar va ularning subyektlari.
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining umumiytavsifi va asosiy prinsiplari: Konstitutsiyaning tuzilishi, asosiy prinsiplari, davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, demokratiya va inson huquqlari.
  • Fuqarolik va uning konstitutsiyaviy asoslari: Fuqarolik tushunchasi, fuqarolikni olish va yo‘qotish asoslari, fuqarolarning huquq va burchlari.
  • Shaxsning konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi: Shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar, ularning kafolatlari. Mas'uliyat va burchlar.
  • Davlat tuzilishi: O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining konstitutsiyaviy maqomi.
  • Davlat hokimiyati: O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tashkil etilishi, Oliy Majlis, Prezident, Vazirlar Mahkamasi va sud hokimiyati.