Oliy matematika

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Qishloq va Suv xo'jaligi vazirligi Samarqand Qishloq xo'jalik instituti Oliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan agronomiya fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan "Oliy matematika" fanidan mustaqil ishlarni bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalarni o'z ichiga oladi. Qo'llanma talabalarga mustaqil ishlarni bajarish tartibi, baholash mezonlari va tavsiya etilgan mavzular bo'yicha yo'riqnoma beradi. Shuningdek kitobga testlar va baholash varaqalari ham kiritilgan

Asosiy mavzular

  • Fazoda analitik geometriya: Fazoda dekart koordinatalar sistemasi, tekislik va uning tenglamasi, fazoda to'g'ri chiziq va uning tenglamalari, tekislik va to'g'ri chiziq orasidagi munosabatlar, ikkinchi tartibli sirtlar haqida ma'lumot beriladi.
  • Chiziqli tenglamalar sistemasini matritsaviy usul bilan yechish: Matritsa haqida tushuncha, chiziqli tenglamalar sistemasi, chiziqli tenglamalar sistemasini matritsaviy usulda yechish usullari ko'rsatilgan.
  • Matematik tahlil elementlari: Ishlab chiqarish funktsiyalari, hosilaning tadbiqlari, Lopital qoidasi, ratsional kasrlar va ularni integrallash, trigonometrik ifodalarni integrallash, eng kichik kvadratlar usuli haqida tushunchalar berilgan.
  • Ehtimollar nazariyasining qishloq xo'jaligi ginetikasi masalalariga tadbiqlari: Ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalari, ehtimollarni qo'shish va ko'paytirish teoremalari, shartli ehtimol, ehtimollar nazariyasining qishloq xo'jalik ginetikasiga tadbiqlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Matematik statistika: Tanlanma xarakteristikalarni hisoblash usullari, statistik kriteriyalarning qishloq xo'jalik jarayonini tahlil qilishga qo'llanilishi o'rganiladi.
  • Dispersion tahlil usullari: Bir faktorli dispersion tahlil, ko'p faktorli dispersion tahlil, dispersion tahlil usullaridan foydalanib qishloq xo'jalik jarayonlarini tahlil qilish usullari bayon etilgan.
  • Korrelyatsiya nazariyasi: Korrelyatsion jadval, tanlanma korrelyatsiya koeffitsientini hisoblashning to'rt maydon usuli, dinamik qatorlarning qishloq xo'jalik jarayonlarni tahlil qilishga qo'llanilishi ko'rib chiqilgan.