Sug’orish eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini paxta hosiliga ta’siri
Ushbu kitob Samarqand viloyatida sug'orish eroziyasi ta'siriga uchragan tipik bo'z tuproqlarda paxta yetishtirishning ilmiy asoslarini o'rganadi. Unda oraliq ekinlar va sug'orish texnikasining tuproq unumdorligi, paxta hosildorligi va tola sifatiga ta'siri, shuningdek, eroziyaga qarshi kurashish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi.
Asosiy mavzular
- Adabiyotlar sharhi: Eroziya jarayonlarining tarqalishi va ularning qishloq xo'jaligiga zarari, eroziyaga uchragan yerlarda tuproq unumdorligini oshirishda oraliq ekinlarning ahamiyati, sug'orish texnikasi elementlarining tuproq yuvilishiga va g'o'za hosildorligiga ta'siri haqida adabiyotlar tahlili.
- Tadqiqot o'tkazish sharoiti, dasturi va uslublari: Samarqand viloyatining iqlim sharoitlari, tuproq sharoitlari, tadqiqot dasturi va uslublari, tajriba dalasida g'o'za agrotexnikasi.
- Tadqiqot natijalarining tahlili: Siderat ekinlarining tuproqdagi gumus, azot va fosfor miqdoriga ta'siri, tuproqning unumdor qatlamini yuvilib ketishini kamaytirishda siderat ekinlarni ahamiyati, siderat ekinlarni g'oʼzaning o'sishi va rivojlanishiga taʼsiri, paxta hosilini va tola sifatini siderat ekinlar turlariga va foydalanish usuliga bog'liqligi, sug'orish texnikasi elementlarini tuproqlarni yuvilishiga va agrokimyoviy tarkibiga ta'siri.
- Egat chuqurligini irrigasiya eroziyasining jadalligiga taʼsiri: Egat chuqurligini o'zgarishi bilan irrigasiya eroziyasini kamaytirirish mumkinligi haqida.
- Sug'orish texnikasi elementlarini g'o'zani o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta'siri: Sug'orish usullarini o'zgartirish orqali g'o'za o'sishi va rivojlanishiga ta'sir etish mumkinligi haqida.
- Sug'orish eroziyasiga qarshi kurashishda qo'llanilgan tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi: Eroziyaga qarshi kurashish usullarini iqtisodiy jihatdan foydali ekanligi haqida.
- Xulosalar: Tadqiqot natijalari bo'yicha asosiy xulosalar keltirilgan.
- Ishlab chiqarishga tavsiyalar: Amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan tavsiyalar berilgan.