Mehnat statistikasi
Ushbu kitob mehnat statistikasi fanining asoslarini, mehnat bozorini, aholi turmush darajasini va shu sohalarga tegishli asosiy ko'rsatkichlarni o'rganish usullarini qamrab olgan.
Asosiy mavzular
- «MEHNAT STATISTIKASI» FANINING PREDMETI VA USULI: Statistika fanining asosiy tushunchalari, mehnat statistikasining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi, boshqa fanlar bilan aloqadorligi va asosiy vazifalari bayon etilgan.
- MEHNAT POTENSIALI VA MEHNAT RESURSLARI MEHNAT BOZORI STATISTIKASINING O'RGANISH OB'EKTI SIFATIDA: Mehnat potensiali va mehnat resurslari tushunchalari, resurslarning tarkibi va ahamiyati, mehnat resurslari soniga ta'sir etuvchi omillar o'rganilgan. Shuningdek, aholini iqtisodiy faolligi, bandlik va ishsizlikni baholash usullari keltirilgan.
- ISH KUCHI STATISTIKASI: Mehnat resurslari balansi, iqtisodiy faol aholi, bandlik va ishsizlikning statistik tahlili, mikrodarajada band bo'lganlarni o'rganish masalalari yoritilgan.
- ISHCHI KUCHIGA TALAB VA TAKLIF: Ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklifning shakllanishi, ularning tarkibi va dinamikasi o'rganilgan. Qo'shimcha taklif hajmi, ya'ni talab bilan qamrab olinmagan taklif va uning ahamiyatiga to'xtalib o'tilgan.
- ISH VAQTI STATISTIKASI: Ish vaqti uzunligi, fondlari va ulardan foydalanish, ish davri davomiyligi va uning ko'rsatkichlari, ish vaqti balansi kabi masalalar tahlil qilingan.
- MEHNAT POTENSIALIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI STATISTIKASI: Mehnat unumdorligini statistik o'rganishning nazariy asoslari, unumdorlikning statistik ko'rsatkichlari tizimi va dinamikasi, mahsulot hajmini o'zgarishiga sarf qilingan ish vaqti ham yoritilgan.
- ISHCHI KUCHI QIYMATI STATISTIKASI: Ishchi kuchi qiymati tushunchasi, mehnatga haq to'lash ko'rsatkichlari, iste'mol baholari indeksini hisoblash uslubiyati, ishchi kuchiga bilvosita xarajatlar statistikasi o'rganilgan.
- ISHCHI KUCHINING TURMUSH, MEHNAT VA DAM OLISH SHART-SHAROITLARI STATISTIKASI: Turmush darajasi, aholi daromadlari darajasi va dinamikasi, xarajatlari va jamg'armalari, moddiy boylik va xizmatlarni iste'mol qilish ko'rsatkichlari, chakana tovar aylanishi, aholining bo'sh vaqtdan foydalanishi kabi masalalar o'rganilgan.