O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurishda mahalla institutining o’rni va ro’li
Ushbu kitob Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda mahallaning tutgan oʻrni va rolini keng qamrovda oʻrganadi. Mahallaning tarixiy ildizlari, rivojlanish bosqichlari, huquqiy asoslari va jamiyatdagi ahamiyati tahlil etilgan. Shuningdek, mahallaning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi faoliyati, davlat va jamiyat bilan hamkorligi hamda kelajakdagi rivojlanish istiqbollari koʻrib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Mahallaning tarixi va rivojlanish bosqichlari: Mahallaning shakllanishi, Oʻrta Osiyodagi ilk davlatlar, chor Rossiyasi va Sovet davridagi oʻrni va mustaqillik yillaridagi rivojlanishi kabi bosqichlar tarixi.
- Fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlarining huquqiy asoslari: Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlar, farmonlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarda belgilab berilganligi, mahallaning huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyatini tartibga soluvchi normalar haqida ma'lumotlar.
- Mahalla davlat va jamiyat taraqqiyotining omili: Mahallaning davlat va jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻrni, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi faoliyati, aholini ijtimoiy himoya qilish, hududlarni obodonlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqa yoʻnalishlardagi ishtiroki tahlil qilinadi. Obod mahalla yili dasturi va uning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan