Windows operatsion tizimida ishlash texnologiyasi

Kitobda kompyuterning ishlash prinsplari, operatsion tizimlar, jumladan Windows operatsion tizimi haqida ma'lumot berilgan. Kitob foydalanuvchilarga kompyuter va dasturiy ta'minot bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Dasturiy ta'minot turlari, fayllar va papkalar bilan ishlash, axborot xavfsizligi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Axborot texnologiyalari: Axborot texnologiyalarining mohiyati, zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning texnik ta'minoti, dasturiy ta'minotlar, kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari.
  • Operatsion sistema tushunchasi: Operatsion sistema (OT) nima ekanligi, OTning vazifalari, OTning foydalanuvchilar uchun ahamiyati, OT turlari (MS DOS, Windows), operatsion sistemalarga qo'yiladigan talablar.
  • WINDOWS operatsion sistemasi: Windows operatsion sistemasining tarixi, afzalliklari, interfeysi, asosiy elementlari, ish stoli, papkalar, yorliqlar, oynalar, boshqaruv paneli, fayllar bilan ishlash, turli dasturlar bilan ishlash imkoniyatlari.
  • Fayllar va papkalar bilan ishlash: Fayl tushunchasi, fayl nomlari, kengaytmalari, kataloglar, fayllar va kataloglar ustida bajariladigan amallar (yaratish, nusxa olish, o'chirish, qayta nomlash).