Суд экспертизасини ташкил қилиш ва ўтказиш масалалари

Ushbu qo'llanma kriminalistika ekspertizasi, uning turlari, tashkil etish va o'tkazish tartibiga bag'ishlangan. Unda ekspertiza tushunchasi, ekspert va mutaxassisning roli, turli xil ekspertizalar, dalillarni yig'ish va baholash masalalari yoritilgan. Qo'llanma talabalari va amaliyot xodimlari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Kriminalistika ekspertizasining tashkil etilishi va o'tkazish tartibi: Ekspertiza tushunchasi, ekspert va mutaxassisning roli, ekspertiza tayinlash va o'tkazish tartibi, dalillarni yig'ish va baholash, takroriy va qo'shimcha ekspertizalar.
  • Sud xatshunoslik ekspertizasi: Xatshunoslik ekspertizasining ilmiy asoslari, dastxatning identifikatsion belgilari, ekspertiza o'tkazish uchun material tayyorlash, ekspert xulosasi va uni baholash.
  • Hujjatlarni texnik kriminalistik ekspertizasi: Hujjatlarni qalbakiylashtirish usullari, texnik tekshirish usullari, texnik vositalar yordamida tekshirish, ekspertiza tayinlash.
  • Trasologiya (izshunoslik) va trasologik ekspertiza: Trasologiya tushunchasi, izlarning klassifikatsiyasi, izlarni topish va qayd etish qoidalari, traologik ekspertiza turlari.
  • Ballistika (otish qurollari yuzasidan o'tkaziladigan) ekspertizasi: Ballistika tushunchasi, tekshiruv obyektlari, o'q otish qurollarining turlari va o'q-dorilar, sud ballistika tekshiruvi, otishdan qoladigan jarohatlar, portlovchi moddalar ekspertizasi, sovug' qorallar ekspertizasi.
  • Odamlarni tashqi qiyofa belgilari asosida identifikatsiya o'tkazish: Tashqi qiyofa tuzulishi, belgilari, tasvirlash, turlari va yuzni tiklash qoidalari bilan identifikasiyalash.
  • Materiallar, moddalar va maxsulotlar ekspertizasi: Materialshunoslik, ekspertiza vazifalari, ekspertiza ob'ektlari, ekspertiza imkoniyatlari.