Byudjet hisobi
Kitobda davlat byudjeti tashkilotlarining faoliyati yuzasidan buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning hisobi, tovar moddiy zaxiralar hisobi, moliyaviy natijalar hisobi va davlat byudjeti xarajatlarining kassa ijrosi hisobi kabi muhim ma'lumotlar batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Asosiy vosita va nomoddiy aktivlar hisobi: Ushbu bobda asosiy vositalarning turlari, ularning analitik va sintetik hisobi, baholanishi, kirim qilinishi, hisobdan chiqarilishi, eskirishi, ta'mirlash xarajatlari va inventarizatsiya hisobi kabi masalalar yoritilgan.
- Tovar-moddiy zaxiralar hisobi: Bu bobda tovar moddiy zaxiralarning turlari, ularning kirimi, xisobdan chiqarilishi, xisobvaraqlar tayinlanishi, analitik va sintetik hisobning tashkil etilishi, limitlarni aniqlash tartibi va inventarizatsiyasi hisobi kabi masalalar yoritilgan.
- Moliyaviy natijalar hisobi: Moliyaviy natijalar hisobi bobida joriy yilga moliyaviy natijalar va yakuniy moliyaviy natijalar hisobi kabi masalalar aks etgan.
- Davlat byudjeti xarajatlari kassa ijrosi hisobi: Mazkur bo'limda davlat byudjeti xarajatlari kassa ijrosi haqida tushuncha, moliyalashtiruvchi organlar, ularning huquqlari va majburiyatlari, O'zbekiston Respublikasi g'aznachiligi va uning hududiy bo'limlari orqali moliyalashtirish tartibi kabi mavzularga to'xtalib o'tilgan.