Табиатшунослик ўқитиш методикаси

Ushbu kitobda boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun tabiatshunoslik fanini o'qitish metodikasi batafsil bayon etilgan. Unda darslarni rejalashtirish, o'qitish usullari, darsliklar va ko'rgazmali materiallar bilan ishlash, amaliy mashg'ulotlar va sinfdan tashqari tadbirlar kabi masalalar yoritilgan. Kitob o'qituvchilarga amaliy ko'rsatmalar berishga yo'naltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi - pedagogik fan: Fanning predmeti, maqsadi, vazifalari, o'qitish metodlari, tadqiqot metodlari, boshqa fanlar bilan bog'liqligi.
  • Tabiatshunoslik metodikasi ta'limotining shakllanishi va rivojlanishi: Yaratilish tarixi, rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar, Markaziy Osiyolik olimlarning xizmatlari, O'zbekistonda rivojlantirilishi.
  • Boshlang'ich maktab tabiatshunoslik fanining ta'limiy va tarbiyaviy vazifalari: Tabiatshunoslikni o'qitish jarayonida o'quvchilarni har tomonlama tarbiyalash, moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, amaliy faoliyatga tayyorlash.
  • Tabiatshunoslikni o'qitish tamoyillari va qonuniyati: Didaktik tamoyillar, o'qitishda muntazamlilik va izchillilik, ilmiylik va tushunarlilik, nazariyani amaliyot bilan bog'lash.
  • Boshlang'ich sinf o'quvchilarning tabiatshunoslikka doir tasavvur va tushunchalarini shakllantirishning metodik asoslari: O'quv jarayonida, umumiy tushunchalarni shakllantirishda tabiat vositalarining roli, darslarda yakka tushunchalarni shakllantirish, mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirish.
  • Tabiatshunoslikni o'qitish metodlari: O'qitish metodlarining turlari, og'zaki metodlar (hikoya, suhbat, tushuntirish), ko'rgazmali metodlar, amaliy metodlar.
  • Tabiatshunoslikni o'qitishning ko'rgazmali metodlari: Ko'rgazmali metodlarning ahamiyati, tabiiy jismlar bilan ishlash, suratlar bilan ishlash, kuzatish turlari.
  • Tabiatshunoslikni o'qitishning amaliy metodlari: Amaliy metodlarning turlari, tajriba, ko'rgazmali qurollar.
  • Tabiatshunoslikdan o'quv ishlarini tashkil etish shakillari: Dars - tabiatshunoslikni o'qitishning asosiy shakli, ta'lim va tarbiya jarayonida darsning o'rni.
  • Tabiatshunoslik darslariga qo'yiladigan asosiy talablar: Umumiy talablar, tarbiyaviy talablar, didaktik, psixologik va gigiyenik talablar.
  • Tabiatshunoslik fani bo`yicha o`quvchilar bilimlarini nazorat qilish va baholash: Bilimlarni tekshirish, baholash, og`zaki va yozma tekshirish.
  • O`z komplektlangan maktablarda Tabiatshunoslikni o'qitish xususiyatlari: Bir va ikki komplektli maktablar haqida tushuncha, oz kompinentlangan maktablarning o`ziga xosligi.