Давлат ва ҳуқуқ тарихи ва назарияси

Ushbu kitob O'zbekistonning davlatchilik va huquq tarixini, uning shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini o'rganadi. Unda qadimgi davrlardan to yangi O'zbekistongacha bo'lgan davrlar qamrab olingan. Shuningdek, jahon huquqiy tizimlari va ularning O'zbekiston huquqiga ta'siri ham tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Davlat va huquq nazariyasining o'quv predmeti va uning o'ziga xos xususiyatlari: Ushbu mavzu davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti, uning ijtimoiy va yuridik fanlar tizimidagi o'rni, funktsiyalari hamda fanini o'rganishda qo'llaniladigan metodlar bilan bog'liq asosiy tushunchalarni qamrab oladi.
  • Jamiyat, davlat va huquq: Bu mavzu jamiyat, davlat va huquqning o'zaro munosabatlari, davlatning kelib chiqishi, mohiyati va funksiyalari, huquqning jamiyatdagi roli kabi masalalarni o'rganadi.
  • Davlat tushunchasi, mohiyati va shakllari: Bu mavzuda davlat shakllari, ularning turlari, tarkibiy qismlari, boshqaruv shakli va siyosiy rejim kabi tushunchalar ko'rib chiqiladi.
  • Davlat funktsiyasi va mexanizmi: Davlat funktsiyalari, ularning turlari, davlat hokimiyati va uning apparati (mexanizmi) tushunchasi yoritiladi. Davlat funktsiyalarining rivojlanishi va o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.
  • Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat: Bu mavzuda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat tushunchalari, ularning o'zaro bog'liqligi, rivojlanish istiqbollari va O'zbekistonda ularni shakllantirish masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Huquq normalari: Huquq normalari tushunchasi, belgilari, tuzilishi, turlari va normativ aktlarda ularni bayon etish usullari yoritilgan.
  • Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik: Huquqbuzarlik tushunchasi, turlari, sabablari, shart-sharoitlari va tarkibiy qismlari, yuridik javobgarlik tushunchasi, turlari, belgilari va asoslari batafsil tahlil qilingan.
  • Huquq manbalari va funksiyalari: Huquq manbalari (shakllari) tushunchasi, huquqiy odat, pretsedent, shartnoma, shuningdek huquqning funksiyalari, xususan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish funksiyasi ko'rib chiqiladi.
  • Huquqiy ong. Huquqiy madaniyat: Huquqiy ong tushunchasi, turlari, huquqiy madaniyat tushunchasi, tuzilishi va darajalari yoritilgan. Ularning jamiyatdagi o'rni va ahamiyati ochib berilgan.
  • Hozirgi zamonning asosiy huquq tizimlari: Hozirgi zamonning asosiy huquqiy tizimlari tushunchasi va tasnifi, huquqiy oilalar tizimi, toalitar tuzum huquqiy tizimi tahlil qilingan.
  • Qonuniylik va huquqiy tartibot: Qonuniylik tushunchasi va nazariyasi, qonunni mustahkamlash va huquq tartibotni ta'minlash omillari, siyosiy rejimlar va huquqiy tartibot tahlil qilingan.
  • Qadimgi Turon davlati va huquqining paydo bo'lishi va rivojlanishi: Ushbu mavzuda qadimgi Turon davlati va huquqining paydo bo'lishi, shakllanishi va rivojlanish tarixi yoritilgan.
  • O'rta asrlarda Movarounnahr davlati va huquqi: Ushbu mavzu O'rta asrlarda Movarounnahr hududida vujudga kelgan davlatlar va ularning huquqiy tizimi haqida ma'lumot beradi.
  • Yangi davrda O'zbekiston hududida davlat va huquq: Yangi davrda O'zbekiston hududida davlat va huquq, Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkistonda davlat va huquq kabi mavzular yoritilgan.
  • O'zbekistonning 1920-1990 yillardagi davlati va huquqi: Ma'ruza 1920 yildan 1990 yilgacha bo'lgan davrda sobiq Ittifoq tarkibidagi O'zbekiston SSRning davlati va huquqi haqida.
  • Davlat va huquqning manbalari: Muallif mazkur manbalarda, shakllangan O'zbekiston respublikasining ko'rinishini yoritadi.