Surxondaryo vohasida moddiy madaniyat

Ushbu kitob Surxondaryo vohasining qadimiy tarixiga, moddiy madaniyatiga bag'ishlangan bo'lib, unda vohaning turli davrlardagi, jumladan, ilk o'rta asrlargacha bo'lgan madaniy merosi keng yoritilgan. Monografiyada Surxon vohasida moddiy madaniyatning shakllanishi, taraqqiyoti va jahon tamaddunidagi o'rni batafsil yoritilgan, bu boradagi yangi ilmiy qarashlar ilgari surilgan.

Asosiy mavzular

  • Vohaning ibtidoiy davr moddiy madaniyati: Ushbu mavzuda Surxon vohasining ibtidoiy odamlarga makon bo'lganligi, Tesktosh g'ori topilmalari, neandertal bolaning qabri va shu davrga oid boshqa manzilgohlarning ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Jez davri moddiy madaniyati: Jez davri (miloddan avvalgi III-II ming yilliklar) Surxon vohasida ilk dehqonlar makoni Sopollitepa madaniyati shakllanganligi va bu davrda ilk shaharsozlik madaniyati yuzaga kelganligi yoritilgan. Sopoli, Jarqo'ton, Mullali, Bo'yrachi makonlaridagi qurilish ishlari tasvirlangan.
  • Temir davri moddiy madaniyati: ushbu davrda Baqtriya каби маданиятлар нихоят даражада моддий манбаларга бойлиги билан ажралиб туради. Кушон даври обидалари, хумлар хазинаси, Кушон ёдгорликлари ушбу мавзунинг асосий қисмини ташкил этади.
  • Vohaning budda dinining yoyilishi bilan bog'liq moddiy madaniyati: ushbu bobda буддавийлик дини билан санъатини Турон заминдан Чин-Мочинга тарқалишида алоҳида воситачи бўлди. Ilk ўрта асрлар мобайнида ўлкада меъморчилик, хайкалтарошлик, кулолчилик, мусаввирлик каби ҳунарлар ниҳоят даражада равнақ топди.
  • O'rta asrlar davri Chag'oniyon moddiy madaniyati: Термизда ва Чағониёнда кулол, темирчи ва шишасоз ҳунармандларнинг алоҳида маҳаллалари бўлган. Чағониённинг Дарзанги қишлоғи тўқимачилик ҳунарининг маркази бўлган. Чағонийон, Куфтан, Ҳошимгирд, Чарманган каби мулкликлар шаклланганлиги ҳақида тарихий маълумотлар баён этилган