Pedagogika
Mazkur kitob pedagogika fanining asosiy kategoriyalari, nazariyalari va amaliyotini yoritishga bag'ishlangan. Unda pedagogikaning ob'ekti, predmeti, vazifalari, ta'lim usullari, tizimlari va tamoyillari keng yoritilgan. Shuningdek, pedagogik jarayonni tashkil etish shakllari, ta'lim sifatini baholash va ma'rifiy tizimlarni boshqarish masalalari ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Pedagogikani o'rganish zaruriyati. Ma'rifiy qadriyatlar va maqsadlar: Mavzuda pedagogikaning ahamiyati, insoniyat tarixida bilishning taraqqiyoti, dunyoqarash va uning tarkibiy qismlari, pedagogik layoqat, ma'rifatning shaxs kamolotining birligi sifatida yoritilgan.
- Ma'rifiy fikrlar taraqqiyoti va ularning tarixiyligi: Ushbu mavzuda ma'rifiy fikrlarning tarixiyligi, jahon ma'rifiy fikrlarining pedagogik tahlili, O'zbekiston hududida eng qadimgi davrdan 14 asrgacha ma'rifiy fikrlar taraqqiyoti, 14-16 asrda maktab va ma'rifiy fikrlar tarqqiyoti, 17-20 asr boshlarida maktab va ma'rifiy fikrlar taraqqiyoti, O'zbekistonda 1917-1990 yillarda maorif va ma'rifiy fikrlar taraqqiyoti haqida ma'lumot beriladi.
- Zamonaviy ta'lim-tarbiya va uning mohiyati: Mazkur mavzuda ta'lim-tarbiya, jamiyat talablari asosida tashkil etilishi, ta'lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, ta'lim-tarbiyaning asosiy tamoyillari, shaxs rivojlanishiga ta'siri kabi jihatlari o'rganiladi.
- O'quv-tarbiyaviy vaziyatlarni loyihalashtirish asoslari: Ushbu mavzu tarbiyaning mazmuni, usullari, shakllari, tarbiyaning tarkibiy qismlari, jamiyatdagi hodisa sifatida, har qaysi faoliyat jamiyat hayotiga tarbiya ta'siri ochib berilgan.
- O'quv faoliyatni tashkil qilish shakllari: Bu mavzuda didaktika, ta'lim jarayoni, zamonaviy pedagogikada ta'lim paradigma (modeli)lari to'liq yoritilgan.
- Pedagogik nazorat va ta`lim sifatini baholash va ma`rifiy tizimlarni boshqarish: Ushbu mavzuda o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash ta`lim jarayoning muhim tarkibiy qismlaridan biri-nazorat vahisobga olishdir. Shu singari ta`lim oluvchilarning bilim,ko`nikma va malakalarini yaxlit bo`lim yoki kursnnig alohida mavzusi bo`yicha davriy tekshirish, davlat t`lim standartiga ko`ra o`zlashtirishi belgilangan bilim haqida ma`lumotlar yoritiladi.