Biometriya
Ushbu kitob biologiya, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda tadqiqotlar olib boruvchi shaxslarga mo'ljallangan bo'lib, ularga biometriya fanining asosiy tushunchalari, usullari va ularni amaliyotda qo'llash yo'llarini o'rgatadi. Kitobda statistik ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish va talqin etish masalalari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Biometriyaga kirish: Biometriya fanining obyekti, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanining biologiyada tutgan o'rni, sifat va miqdoriy ko'rsatkichlar, biologik o'zgaruvchanlik va kuzatuv natijalarining xatoliklari, statistik to'plam, bosh va tanlanma to'plamlar haqida ma'lumotlar berilgan.
- Tajriba natijalarini dastlabki qayta ishlash: Tanlanmani tartiblashtirish, variatsion qator tuzish, chastotali va nisbiy chastotali variatsion qatorlar, uzluksiz ko'rsatkich natijalari bo'yicha hosil qilingan tanlanmadan sinflarga ajratish usuli bilan chastotali variatsion qator tuzish usullari yoritilgan.
- Variatsion qatorlarni grafik tasvirlash: Variatsion qatorlarni grafik tasvirlash usullari: gistogramma, poligonlar, grafiklardan chiqadigan dastlabki xulosalar, gistogramma yasash, poligon yasash, biologik tadqiqotlarda grafik tasvirlarning qo'llanilishi kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
- Statistik ko'rsatkichlar: Arifmetik o'rtacha qiymatlar va uning xossalari, geometrik, kvadratik, kubik, garmonik o'rtachalar, ularning qo'llanishi, o'zgaruvchanlik tushunchasi: dispersiya, variatsiya yoki o'zgaruvchanlik koeffitsienti, mediana va moda, o'zgaruvchanlikni baholashning boshqa ko'rsatkichlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalari: Deterministik va stoxastik tajribalar tushunchasi, ehtimollar nazariyasi stoxastik tajribalardagi qonuniyatlarini o'rganuvchi fan ekanligi, hodisa tushunchasi va uning turlari, ehtimolni aniqlashning klassik va statistik usullari, tasodifiy miqdor tushunchasi, diskret tipdagi tasodifiy miqdor taqsimot qonuni, binomial va Pausson qonunlari bo'yicha taqsimlangan tasodifiy miqdorlar, normal taqsimot qonuni va «plyus-minus uch sigma» qoidasi kabi mavzular yoritilgan.
- Statistik munosabatlar to'g'risida umumiy tushuncha: Ko'p o'lchovli tasodifiy miqdorlar, miqdorlar orasidagi munosabatlar va ularning turlari, ikki tasodifiy miqdor orasidagi chiziqli statistik munosabat o'lchovi-korrelyatsiya koeffitsienti va uning xossalari, regressiya tushunchasi, regressiya koeffitsientlari va chiziqli regressiya tenglamalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Empirik ko'rsatkichlar muqarrarligini baholash: Statistik ko'rsatkichlar yordamida nazariy ko'rsatkichlarni baholash, nuqtaviy va interval baholar xamda ularni xosil qilish usullari, statistik ko'rsatkichlar xatoliklari tushunchasi va ularni xisoblash formulalari, bosh to'plam o'rtachasi va dispersiyasining empirik o'rtacha va empirik dipersiya bo'yicha baholash usullari bayon etilgan.
- Korrelyatsiya koeffitsientlarini taqqoslash va baholash: Ikkita korrelyatsiya koeffitsientini taqqoslash usullari batafsil yoritilgan.
- Gipotezalarni tekshirish tushunchasi: Bosh va tanlanma to'plamlar hissalari orasidagi farqning muqarrarligi, statistik va nazariy taqsimotlar haqida ma'lumotlar berilgan.
- Taqsimot qonuni haqidagi gipotezalar va ularni tekshirish: Tajribaviy taqsimotni nazariy taqsimot bilan taqqoslash, Xi kvadrat kriteriysi va uni qo'llash usullari ko'rsatilgan.