Moybo`yoq rangtasviri materiallari, asbob-uskunalari va moslamalari

Ushbu kitobda pedagogik mahoratning nazariy asoslari, o'qituvchi faoliyatidagi ahamiyati, turli muloqotlarni tashkil etish, milliy madaniy asoslar va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi, nutq madaniyati, pedagogik texnika kabi mavzularga to'xtalib o'tilgan.

Asosiy mavzular

  • Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o'qituvchi faoliyatidagi o'rni va ahamiyati. Pedagogik fikr tarixi: O'qituvchi kasbining tarixi, pedagogik faoliyatning o'ziga xosligi, pedagogik mahoratning mohiyati, Sharq mutafakkirlari ijodida o'qituvchi o'rni masalalari yoritilgan.
  • Pedagogik qobiliyat: Qobiliyatning psixologik xarakteristikasi, pedagogik qobiliyatning asosiy turlari, o'qituvchining irodasi, sabr-toqat, andishalilik va boshqa sifatlari haqida ma'lumot berilgan.
  • O'qituvchining kommunikativ qobiliyati: Muloqot orqali ta'sir etish usullari, muhitga kirishish, aloqa o'rnatish (kommunikatsiya) tushunchasi, o'qituvchining kommunikativ ko'nikmasi, nutq orqali va so'zsiz tushuna olish haqida so'z yuritiladi.
  • Turlicha xildagi muloqotni tashkil etishda milliy madaniy asoslar va umuminsoniy qadriyatlar ustivorligi. Pedagogik muloqot: Ta'limda turli xildagi muloqotni tashkil etish, Sharqona tarbiya va uning muloqotga ta'siri, muloqotga kirishda o'zbek urf odatlari, pedagogik muloqot mohiyati va funksiyalari haqida ma'lumot berilgan.
  • O'qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati. O'qituvchi va o'quvchining muloqoti: Pedagogik muloqotning o'ziga xos xususiyatlari, o'qituvchining o'quvchi, o'quvchilar jamoasi, ota-onalar bilan muloqot madaniyati, muloqotda ishontirish usullariga to'xtalib o'tilgan.
  • Pedagogik nazokat va pedagogik odob axloq: O'qituvchi pedagogik odobi, o'qituvchining pedagogik nazokati vazifalari, nazokat va taktika, pedagogik nazokatni egallash shartlari yoritilgan.
  • Pedagogik texnika haqida tushuncha: Pedagoglar texnikasi o'qituvchi faoliyatini tartibga soluvchi shakl sifatida, pedagogik texnika malakalarining xususiyatlari, maqsadga qaratilganlik va pedagogning tashqi ko'rinishi haqida tushunchalar berilgan.
  • Nutq madaniyati va texnikasi: Til va nutqning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o'rni, til va nutq madaniyati haqida buyuk mutafakkirlar fikrlari, pedagogik nutq shakllari, nutq texnikasi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • O'qituvchining darsdagi mahorati: O'quvchilarning bilish, anglash faoliyatini boshqarishda o'qituvchi mahorati, darsga o'quvchilar diqqatini tortish, o'qituvchining reja tuzish, o'quvchilar bilimi malakasini tekshirish kabi mavzularga to'xtalib o'tilgan.
  • O'qituvchining tarbiyachilik mahorati: Tarbiyachi mahoratining mohiyati, tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning milliy va nazariy asoslari, tarbiyachi mahoratining tizimi, pedagogik tashkilotchilik faoliyatining mohiyati yoritilgan.
  • O'qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish: Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy tamoyillari, pedagogik faoliyatda maqsadning qo'yilishi, reja shakllari, ish kunini to'g'ri tashkil etish kabi ma'lumotlar berilgan.
  • Ta'lim jarayonida o'z-o'zini boshqarish va o'z ustida ishlash: O'z-o'zini boshqarishning ahamiyati, ilg'or o'qituvchilarning usuli, psixologik-pedagogik nazariyalar haqida ma'lumotlar keltirilgan.