Arxitektura tarixi
Ushbu kitob sanʼat, arxitektura va shaharsozlik tarixini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv qoʻllanmadir. Qoʻllanma umumjahon arxitektura tarixini qamrab olgan boʻlib, Oliy taʼlim yurtlari uchun hamda barcha arxitektura, dizayn va sanʼat oʻrta taʼlim yurtlari uchun moʻljallangan. Unda ibtidoiy jamoadan to hozirgi kungacha boʻlgan davrlar arxitekturasi, turli xalqlar va mintaqalarning oʻziga xosliklari tahlil etilgan. Kitob arxitektura uslublari, kompozitsiyalari, bezaklari va qurilish texnologiyalarini oʻrganishda yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Ibtidoiy jamoa arxitekturasi: Paleolit davridan boshlab insoniyatning dastlabki turar joylari, tosh qurollar yordamida qurilgan oddiy inshootlar, konus shaklidagi chaylalar, keyinroq neolit davrida yog'ochdan yasalgan to'g'ri burchakli uylar, Dnepr daryosi bo'yidagi Kolomiyshina kabi arxeologik topilmalar, megalitik qurilmalar (mengirlar, dolmenlar, kromlexlar), siklopik qal'alar va ibodatxonalar haqida ma'lumot beriladi.
- Qadimgi Misr arxitekturasi: Quldorlik jamiyatining shakllanishi, Misr davlatining 4 davri (Arxaika, Qadimgi podshohlik, O'rta podshohlik, Yangi podshohlik) davrlari, fir'avnlar hokimiyati, mastabalar, ehromlar (Sakkaradagi Joser ehromi, Gizadagi Xeops, Xefren, Mikerin ehromlari), sfinks haykali, ibodatxonalar qurilishi, Fiva shahrining ahamiyati, Karnak shahridagi Amon Re ibodatxonasi kabi mavzular yoritilgan.
- Qadimgi Mesopotamiya va Eron arxitekturasi: Mesopotamiya (Shumer, Akkad, Bobil, Assiriya davlatlari) va Eronning geografik sharoiti, quldorlik davlatlari, diniy-ma'muriy inshootlar, qal'a devorlari bilan o'ralgan shaharlar, zikkuratlar, ravoqli va gumbazli qurilmalar, Eron arxitekturasida ustunli binolar, apadana, Ahamoniylar davridagi Persepol shahridagi shoh qasri, Sosoniylar davridagi gumbazli inshootlar haqida ma'lumotlar beriladi.
- Antik arxitektura: Qadimgi Yunon arxitekturasi: Yunonistonning geografik joylashuvi, polislar, arxitektura davrlari (Arxaika, Klassika, Ellinizm), injenerlik yutuqlari, tosh va g'ishtdan foydalanish, ustunli konstruksiyalar, orderlar (doriy, ioniy), Afina Akropoli (Parfenon, Erexteyon, Niki Apteros ibodatxonasi, Propiley), agora va teatrlar qurilishi, Gippodam sistemasi va Illunizm davri arxitekturasi tahlil qilinadi.
- Qadimgi Rim arxitekturasi: Rim respublikasi va imperatorlik davri, Vitruviyning "Arxitektura haqida 10 kitob" asari, ravoqli va gumbazli konstruksiyalar, order sistemalari, forumlar, Kolizey, termalar, Panteon, bazilikalar, shaharsozlik, akveduklar kabi mavzular qamrab olingan.
- Feodalizm davri arxitekturasi: Vizantiya arxitekturasi: Rim imperiyasining bo'linishi, Vizantiya madaniyati va arxitekturasi, Konstantinopol shahrining ahamiyati, arxitektura davrlari (Erta, O'rta, Kechki), gumbazli bazilika, Rim arxitekturasidan farqi,Ayya Sofiya ibodatxonasi, salb-gumbazli ibodatxonalar va ularning Kavkazorti va Sharqiy Yevropadagi tarqalishi ko'rsatilgan.
- Kavkazorti va Qadimgi Rus arxitekturasi: Armaniston va Gurjiston arxitekturasi (xalq turarjoylari, ibodatxonalar, gumbazli konstruksiyalar), Msxeti va Echmiadzin shaharlaridagi yodgorliklar, Ani shahri, Qadimgi Rus davlati, yog'ochdan qurilgan shaharlar, salb-gumbazli ibodatxonalar, Kiyev Rusi madaniyati, Kiyev va Novgorod shaharlaridagi Sofiya soborlari, Vladimir va Suzdal maktablari haqida ma'lumotlar berilgan.
- G'arbiy Yevropa davlatlarida V – XIV asrlarda arxitektura rivojlanishi: Roman arxitektura uslubi: Feodal tuzum, roman uslubining shakllanishi, diniy inshootlar, monastirlar, toshdan qurilgan binolar, bazilikalar, gumbazlar, yog'och yopilmalar, Germaniyadagi Aaxen kapellasi, Burgundiyadagi Klyuni monastiri, Notr-Dam ibodatxonasi, feodal kyoshklari kabi mavzular yoritilgan.
- Gotika arxitektura uslubi: Savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi, gotika karkas uslubi, nervyura, arkbutan, kontrforslar, Vinsent de Bovening nazariy asoslari, loyiha asosida qurilish, faxverk uylari, binolarning bezatilishi, Fransiya, Angliya va Germaniyadagi ibodatxonalar, monastirlar qurilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Uyg'onish davri arxitekturasi: Yevropada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, gumanizm harakati, antik madaniyatga qaytish, arxitektura nazariyasi, order sistemalari, san'atlarning uyg'unlashuvi, ordenli kompozitsiyalar, Italiyadagi erta, yuqori va kechki Uyg'onish davri arxitekturasi (Florensiya, Rim, Venetsiya), Palladio villalari, Fransiyadagi qirol qasrlari, Niderlandiya va Ispaniyadagi arxitektura yodgorliklari tahlil qilingan.
- G'arbiy Yevropa davlatlari XVII - XIX asrlar arxitekturasi: XVII-XIX asrlarda kapitalistik munosabatlar shakllanishi, barokko uslubi (Italiya), arxitektura dekorativligi, haykaltaroshlik asarlari, Lorenso Bernini, Franchesko Barromini ijodi, Versal bog‘-saroy ansambli, klassitsizm uslubi (Angliya, Fransiya, Niderlandiya, Rossiya), Inigo Djons, Luvr qasri, Karl Rossi ijodi, klassitsizmning asosiy xususiyatlari bayon etilgan.
- O'rtavayaqinsharq davlatlari arxitekturasi: Islom dinining tarqalishi, arab xalifaligi, masjidlar, maqbaralar, minora, madrasa, karvonsaroylar, Eron va O'rta Osiyo davlatlari arxitekturasi, masjid va maqbaralarning tuzilishi, Isfaxondagi Juma masjid, Shirvon Shoh kompleksi, Temuriylar davri meʼmorchiligi yodgorliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Eron, Ozarbayjon va Afg'oniston arxitekturasi: Eron va Afg'onistonda XIV-XV asrlar Temuriylar madaniyati va arxitekturasi davri, Amiri Temir imperiyasi, Gavharshod masjidi, Boku shahri va uning yodgorliklari, Bino va inshootlar tuzilishida materiallar va bezaklar, Amir Temir davridagi o'zgarishlar va yaratilgan imkoniyatlar ko'rsatilgan.