Мусиқа бўйича синфдан ташқари ишларни ташкил этиш тизими
Ushbu kitob umumta'lim maktablarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va musiqa to'garaklari haqida ma'lumot beradi. Xor, maqomchilar, fol'klor, teatr, cholg'u ansambllarini tashkil etish yo'llari va namunaviy repertuarlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Musiqiy to'garaklar: Maktablarda musiqa madaniyati darslari doirasida cheklanib qolmasdan, sinfdan tashqari musiqa to'garaklari faoliyati davom ettirilishi zarur.
- Xor to'garaklari: Xor jamoalariga o'quvchilarning yoshini e'tiborga olgan holda tanlab olish zarur. Umum maktab xor jamoasini tashkil etish va rejalashtirilgan asarlarni o'rgatish katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
- Maqomchilar dastasi: Maqomlar musiqa merosimizda juda katta o'rin tutadi. Ular qadim zamonlardan beri rivojlanib kelayotgan o'zbek xalq professional musiqa san'atining yutuqlarini o'zida mujassamlashtirgan.
- Bolalar musiqali teatri: Bolalar musiqali teatriga san'atning turli yo'nalishiga qiziquvchi o'quvchilarni jalb qilish mumkin. Chunki biro'rta opera spektakli yoki ertaklar sahnasini qo'yish uchun xor jamoasi, raqs dastalari, ommaviy ko'rinish qatnashchilari, rassomlar, sahna bezatuvchilari ishtirok etishadi.
- Fol'klor dastasi: So'nggi paytlarda bolalar fol'klor dastalariga qiziqish ortib bormoqda. Ularni tashkil qilish o'qituvchidan xalq og'zaki ijodini yaxshi bilishni, regionlar bo'yicha hilma-hil janrlardan habardor bo'lishni talab qiladi.
- Cholg'u ansambli: Ushbu ma'lumot uymumta'lim maktablarida musiqa tarbiyasi vazifalarini amalga oshirishda xalq cholg'ulari ansambllarining roli kattadir. Afsuski hozirgi kunda bunday jamoalar juda ozchilikni tashkil etadi. Lekin tajriba shuni ko'rsatadiki bunday jamoalar musiqa madaniyatini targ'ibot etishda muhim rol o'ynaydi.