Ko'chmas mulkni boshqarish va uning ekspertizasi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida ko'chmas mulkni boshqarish va ekspertiza sohasidagi ta'lim va amaliyotga bag'ishlangan qo'llanmadir. Unda ko'chmas mulkning mohiyati, xususiyatlari, funksiyalari, bozor munosabatlari, baholash, eskirish, boshqaruv tizimi va ekspertiza kabi masalalar kompleks tarzda yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Ko'chmas mulkning mohiyati: Ko'chmas mulk tushunchasining ta'rifi, xususiyatlari va tasnifi (yer uchastkalari, binolar, inshootlar). Ko'chmas mulkning yuridik va iqtisodiy jihatlari.
- Ko'chmas mulkning xususiyatlari: Ko'chmas mulkning asosiy xususiyatlari (joylashuvi, harakatsizligi, uzoq muddat foydalanish, naflilik va boshqalar) batafsil bayon etilgan.
- Ko'chmas mulkning funksiyalari: Ko'chmas mulkning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik funksiyalari, tovar sifatida, investitsiya manbai va boshqa ro'llari.
- Ko'chmas mulk bozori: Ko'chmas mulk bozori, uning tuzilishi, ishtirokchilari, segmentlari, vazifalari va xususiyatlari.
- Ko'chmas mulkni baholash: Ko'chmas mulk bahosining nazariy asoslari, baholash usullari va yondashuvlari (harajatli, daromadli, qiyosiy), baholash jarayoni.
- Ko'chmas mulkning eskirishi va amortizatsiyasi: Ko'chmas mulk eskirishining turlari (jismoniy, ma'naviy) va ularni baholash usullari. Amortizatsiya tushunchasi.
- Ko'chmas mulkni boshqarish: Ko'chmas mulkni boshqarishning mohiyati, maqsadlari, vazifalari va shakllari. Boshqaruv tizimi va uning elementlari.
- Ko'chmas mulk ekspertizasi: Ko'chmas mulk ekspertizasining turlari (texnik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik) va ularning vazifalari.
- Serveing konsepsiyasi: Serveing konsepsiyasining asosiy mohiyati va undan ko’zlangan maqsadlar.
- Hududlarni rivojlantirish va rejalashtirish: Hududlarni rivojlantirishning asosiy vazifalari va tamoyillari hamda Lend development.