Нутқ ва мулоқот маданияти
Kitob nutq madaniyati, muomala odobi, fikrni ifodalash va mulohaza qilishga bag‘ishlangan. Unda nutqning ijtimoiy mohiyati, nutqiy savodxonlik, nutq me’yorlari, fikrni ifodalashning mantiqiy-lisoniy asoslari, shaxsiy nutq, notiqlik mahorati kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Qo‘llanma maktab o‘qituvchilari, kollej talabalari hamda nutq madaniyati bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
Asosiy mavzular
- Nutqiy muomala me’zonlari: O‘zbek xalqining muloqot an’analari, yoshga hurmat, kattalarga izzat, muomala odobi, suhbatlashuv qoidalari, suhbatdoshning millati, jinsi, yoshi, mavqei, yaqinlik darajasi, vaziyat, holat, muhit singari omillarni hisobga olish.
- Nutqiy savodxonlik: Nutq madaniyati tilni yaxshi tushunish, aniq va ravshan ifoda eta olish, tilning ifodaviy vositalaridan o‘rinli foydalanish mahoratidir. Yozma savodxonlik, imlo qoidalari, shakl va mazmun uyg‘unligi masalalari.
- Nutqning asosiy me’yorlari: Nutqning to‘g‘riligi urg‘u va grammatik me’yorlarga amal qilishni talab qiladi. Chet tillarida urg‘u so‘zlardagi har xil bo‘g‘inlarga tushishi mumkin. Lekin o‘zbek tilida u asosan so‘zning ohirgi bo‘g‘iniga tushadi.
- Fikrni ifodalashning mantiqiy-lisoniy asoslari: Fikr tafakkur orqali vujudga keladi. Kishi ongida shakllangan fikr qachonki yuzaga chiqsa, u nutqqa aylanadi. Mantiqiylik, aniqlik, obyektivlik, izchillik va qisqalik kabi ilmiy uslubga xos xususiyatlar.
- Shaxsiy nutq, unda nutq me’yorlariga amal qilish: Alohida bir kishiga taalluqli bo‘lgan nutq shaxsiy (monologik) nutq sifatida baholanadi. Bu nutq ikki xil ko‘rinishga ega: ochiq (tashqi) nutq va ichki nutq.
- Fikr-mulohaza, tushuntirish, izohlash, isbotlash: Fikr-mulohaza, munosabat, izohlash, isbotlash va tushuntirish bir-biri bilan mustahkam bog‘langan zanjirlardir. Ma’lumki, fikr o‘z-o‘zidan tug‘ilmaydi. U o‘ylash, kuzatish, tahlil qilish, o‘rganish asosida paydo bo‘ladi.