Нотариат жараёни

Ushbu kitob O'zbekistonda notariat tizimining shakllanish tarixi, huquqiy asoslari va faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar, notarial harakatlar va ularni amalga oshirish tartibiga bag'ishlangan. Kitobda notarial idoralar, notariuslarning huquq va majburiyatlari, javobgarlik masalalari hamda notarial faoliyatning moliyaviy ta'minoti kabi masalalar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • O'zbekistonda notariat tarixi: O'zbekistonda notariat tizimining shakllanishi, uning asosiy bosqichlari va rivojlanish tendentsiyalari ko'rib chiqiladi. Notarial idoralarning tashkil etilishi va faoliyatining huquqiy asoslari tahlil qilinadi.
  • Notarial harakatlarni amalga oshirishning asosiy qoidalari va bosqichlari: Notarial harakatlarni amalga oshirishning asosiy qoidalari, shu jumladan, qonuniylik, asoslanganlik, ixtiyoriylik va mustaqillik kabi tamoyillar yoritiladi. Notarial harakatlarni amalga oshirish bosqichlari, shaxsni aniqlash, hujjatlarni tekshirish va ro'yxatga olish tartibi batafsil bayon etiladi.
  • Alohida turdagi notarial harakatlarni bajarish tartibi: Meroshni rasmiylashtirish, bitimlarni tasdiqlash, ishonchnomalarni rasmiylashtirish, veksellarni protest qilish va dengiz protestlarini rasmiylashtirish kabi alohida turdagi notarial harakatlarni bajarish tartibi batafsil ko'rsatiladi.
  • PUL SUMMAALARI VA QIMMATLI QOGʻOZLARNI DEPOZITGA QABUL QILISH TARTIBI: Depozitga pul mablagʻlarini qabul qilish tartibi batafsil koʻrsatib berilgan.
  • Notarial harakatlarni bajarishni rad etish: Notarial harakatlarni bajarishni rad etish asoslari va tartibi, bu qaror ustidan shikoyat qilish tartibi ko'rib chiqiladi.