Ракетамодел
Ushbu kitobcha O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan "Barkamol avlod" respublika bolalar texnik ijodiyot markazi qoshidagi "Yosh konstruktor va ixtirochi" to'garagi uchun yaratilgan "Raketamodel" to'garagi o'quv qo'llanmasidir. Qo'llanma raketamodel sportining tarixi, texnik xavfsizlik qoidalari, raketalar klassifikatsiyasi, ularni yasash texnologiyalari va uchirishga tayyorgarlik ko'rish masalalarini qamrab oladi. Shuningdek, kitobda o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishga qaratilgan ma'lumotlar ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Raketa model sportining rivojlanish bosqichlari, to'garakning maqsad va vazifalari, o'quv yili davomida bajariladigan ishlar rejalari bilan tanishtirish.
- Texnika xavfsizlik qoidalari: To'garak xonasida o'zini tutish, sanitariya-gigiyena qoidalari, dastgoh va asbob-uskunalar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari, yong'in xavfsizligi qoidalari.
- Raketa model sporti tarixi: Raketa model sportining jahon sahnasiga kirib kelishi, xalqaro musobaqalar, O'zbekiston raketamodelchilarining yutuqlari, buyuk alloma Mirzo Ulug'bek hayoti va ilmiy merosi haqida ma'lumotlar.
- Bir pog'onali bir dvigatelli raketalar: Raketa modelining asosiy elementlari, texnik talablar, raketani yig'ish, materiallar, asbob-uskunalar, texnik estetika, raketani bo'yash.
- Raketa modellari uchun parashyutlar: Parashyutlar tarixi, turlari, ularni yasashda qo'llaniladigan materiallar, raketadan chiqarish usullari, isssiqlikdan saqlash usullari.
- Turli qutqaruv tizimlari: Tasma (strimmer), avtoratsiya rejimdagi rotor, qanot, havo shari va boshqa tizimlar haqida ma'lumot beriladi. Ularning turlari bilan tanishtirib chiqiladi. Qo'llaniladigan materiallar haqida ma'lumot beriladi.
- Raketa modellari kategoriyalari: Raketa modellari kategoriyalari haqida ma'lumot beriladi. Bu sinflar raketaning dvigatellariga bog'liq.
- Milliy va umumbashariy tamoyillar: Istiqlol mafkurasi va milliy g'oya, uning mohiyati, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlar, Foizil shahar davlati tushunchasi.
- Raketa modellarni uchirish uchun jihozlar: Raketa modellarni uchirish uchun jihozlar va ulardan foydalanish bo'yicha texnik talablar ko'rsatiladi.
- Raketa modellari korpusi va hom ashyolar: Raketa modellari korpusi va xom ashyolariga bo'lgan talablar tushuntiriladi.