Kasb-hunar kollejlarida umumkasbiy fanlarini o’zlashtirishda mustaqil ta’limni tashkil qilish texnologiyasi

Ushbu kitobda kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxassislarni tayyorlashda mustaqil ta'limning ahamiyati, o'quvchilarning umumkasbiy fanlarni o'zlashtirish jarayonida mustaqil ta'limni tashkil etish texnologiyasi, kasbiy layoqat va qobiliyatlarini o'stirish masalalari ko'rib chiqilgan. Unda tikuv buyumlarining texnologiyasi, materialshunoslik, dizayn va konstruksiyalash, pedagogika va psixologiya kabi fanlar integratsiyasi orqali o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish yo'llari yoritilgan. Shuningdek, xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda tajriba-sinov natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

Asosiy mavzular

  • Texnologiya qismi: Tikuv buyumlarini loyihalash, konstruksiyalash, detallarga ishlov berish texnologiyalari, o'lcham olish uslublari, qo'l ishlari uchun asboblar va moslamalar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Pedagogika, psixologiya va metodik qism: KHK o'quvchilarining mustaqil ta'limini tashkil etish asoslari, bilim olish jarayoni samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar, muammoli vaziyatlar va o'qitish topshiriqlari, taqvim mavzuiy reja va dars ishlanmalari ko'rib chiqilgan.
  • Hayot faoliyati xavfsizligi qismi: Tikuvchilik ustaxonalari va maydonchalari, texnika xavfsizligi talablari, xavfsizlik texnika qoidalari yoritilgan.