Fors tilida sodda va qo‘shma fe’llarning invariantlari

Ushbu dissertatsiya fors tili fe'l tizimida variant va invariant munosabatlariga bag'ishlangan. Unda fors tilidagi fe'llarning funksional ekvivalentligidagi formal invariantlik, ularning leksik-semantik variantlari, funksional ekvivalentlari, yagona invariant maʼnosi va invariant ma'noni oʻzida mujassam etuvchi formal invariantni aniqlash usullari ishlab chiqilgan. Dissertatsiya kirish, uch bob, to'qqiz boʻlim, oʻttiz olti band va xulosadan iborat bo'lib, unda fors tilidagi sodda, prefiksli va qo'shma fe'llar tahlil etilgan.

Asosiy mavzular

  • Til tizimida variantlik va invariantlik: Ushbu bobda til tizimidagi variantlik va invariantlik tushunchalari, variant turlari, invariant tushunchasi, til sathlaridagi invariant turlari, turli mamlakatlarda invariantlikning oʻrganilishi haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Fors tilida fe'liy birliklarning varianliligi: Bob fors tilida fe'llar variantliligining asosiy omillari va turlari, fors tilidagi fe'llarning til variantliligida tutgan oʻrni, fe'llarning leksik-semantik variantlari, funksional ekvivalentlari va ularning oʻzaro bog'liqligi masalalari yoritiladi.
  • Fors tili fe'l tizimida invariant-variant munosabati: Ushbu bobda fors tilidagi sodda, prefiksli va qoʻshma fe'llarning formal invariantlari dissertant tomonidan ishlab chiqilgan usulda aniqlanadi. Jumladan, ushbu bobning birinchi bo'limida fors tilida sodda fe'llarning formal invariantlari, ikkinchi bo'limida fors tilida prefiksli fe'llarning formal invariantlari, uchinchisida esa fors tilida qo'shma fe'llarning formal invariantlari tadqiq etiladi.