Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
Ushbu kitob "Konstruktsion materiallar va buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi" fanining asosiy ma'lumotlarini o'z ichiga oladi. Unda materialshunoslik, metallshunoslik, sopol materiallar, yog'och materiallar va ularni qayta ishlash texnologiyalari, shisha va sun'iy tosh materiallari, bo'yoqlar hamda polimer materiallar haqida batafsil ma'lumot berilgan. Kitob, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Materialshunoslik va konstruksion materiallar fanining mazmuni: Konstruksion materiallar, ularning turlari, xossalari, ishlab chiqarish texnologiyalari, yutuqlari va kamchiliklari haqida ma'lumot berilgan. Fanning qisqacha tarixi va texnika fanlari bilan aloqalari yoritilgan. Yangi konstruksion materiallar va ularni ishlab chiqarish masalalari ko'rib chiqilgan.
- Rudalar klassifikatsiyasi: Sanoatda metall olish, rudalarning turlari, flyuslar va ularning qo'llanilishi, yoqilg'i turlari, olovbardosh materiallar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Metallurgiya jarayonlari va uslublari tahlil qilingan.
- Domna pechining tuzilishi: Domna pechining tuzilishi, domna tsexining strukturasi, domna pechining mahsulotlari va ularning ishlatilishi, domna jarayonini jadallashtirish va avtomatlashtirish, rudadan temirni qaytarish jarayonlari batafsil bayon etilgan.
- Po'lat olishning zamonaviy usullari: Konvertor po'latini olish, Marten pechlari texnologiyasi, elektr pechlarida po'lat ishlab chiqarish, po'latlarni quyish uslublari va po'lat ishlab chiqarish kelajagi haqida ma'lumot berilgan.
- Rangli metallar ishlab chiqarish texnologiyasi: Mis, alyuminiy, magniy, titan va yuqori sifatili metallar olish uslublari, ularning xom ashyolari va jarayonlari bayon etilgan.
- Kukunli metallurgiya: Poroshokli materiallar, poroshoklarni tayyorlash, poroshokli detallar tayyorlash texnologiyalari ko'rsatilgan.
- Quymakorlik: Quymakorlik texnologiyasi, modellar va qoliplar, quymakorlik usullari, maxsus quyish uslublari va quyish nuqsonlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Metall va qotishmalarga termik ishlov berish: Metallarga termik ishlov berish uslublari, cho'yanlarga termik ishlov berish, termik ishlov berishda sodir bo'ladigan o'zgarishlar batafsil yoritilgan.
- Metallarga kimyoviy-termik ishlov berish: Kimyoviy-termik ishlov berish asoslari, tsementlash, azotlash, tsianlash va diffuzion metallash jarayonlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Metallarning korroziyasi va unga qarshi kurash: Korroziya turlari, kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyalar, ularning oldini olish usullari ko'rsatilgan.
- Metallarga bosim bilan ishlov berish: Prokatlash, kiryalash va presslash, bolg'alash, shtamplash usullari haqida ma'lumot berilgan.
- Polimer materiallarni olish uslublari: Polimer materiallar, ularning xom-ashyolari, plastmassalardan turli buyumlar yasash uslublari, rezina tayyorlash texnologiyasi va qurilish polimerlarini ishlab chiqarish texnologiyalari batafsil yoritilgan.
- Yog'och materiallarni tayyorlash: Yog'och materiallar, xom ashyo bazasi, yog'och materiallarni tayyorlash, quritish, ularni chirishga va yonishga qarshi ishlash usullari ko'rsatilgan.
- Konstruktsion qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi: Tabiiy tosh materiallarini tayyorlash, beton xom ashyosi, beton tayyorlash, tashish, quyish va parvarishlash usullari, temirbeton ishlab chiqarishda kerak bo'ladigan materiallar va temirbeton buyumlar tayyorlash texnologiyasi batafsil bayon etilgan.
- Sopol materialar va buyumlar ishlab chiqarish: Sopol buyumlar ishlab chiqarish uchun kerakli xom-ashyolar, xom-ashyoni qazib olish, tashish ea ishlov berish, sopol buyumlarni shakllantirish, quritish va pishirish jarayonlari ko'rsatilgan. Shuningdek, sopol buyumlar va materiallar ishlab chiqarish kelajagi yoritilgan.
- Shisha va sun’iy tosh materiallari ishlab chiqarish: Shisha xom-ashyosi, shisha mahsulotlari ishlab chiqarish usullari, shishasimon materiallar ishlab chiqarish va silikat materiallar ishlab chiqarish texnologiyalari yoritilgan. Asbesttsementlik mahsulotlar ishlab chiqarish batafsil bayon etilgan.
- Bog’lovchi va lok-bo’yoq materialar ishlab chiqarish: Mineral bog'lovchi materiallar, organik bog'lovchi materiallar, suvlik va kleylik bo'yoqlar tayyorlash va qoplash texnologiyasi, moylik va emallik bo'yoqlar tayyorlash va qoplash texnologiyasi batafsil bayon etilgan.
- Elektrotexnika va yoqilg’i materiallari ishlab chiqarish: Qattiq yoqilg'ilarni tayyorlash, tashish va saqlash usullari, neft va uni qayta ishlash yoki suyuq yoqilg'ilar ishlab chiqarish jarayonlari, gazsimon yoqilg'ilarni qazib olish va iste'molchiga etkazish usullari o'rganilgan. Elektrotexnika materiallarining asosiy xom ashyolari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari ko'rsatilgan.