Qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiya asoslari

Ushbu kitob pedagogika universitetlari va institutlarining tasviriy san'at fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, qalamtasvir chizish, rangtasvir ishlash va kompozitsiya asoslarini o'rgatishga qaratilgan. Qo'llanmada ushbu sohalarning nazariy va amaliy jihatlari batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Qalamtasvir asoslari: Qalamtasvirning maqsad va vazifalari, tasvirlashning asosiy qonun-qoidalari, qalamtasvirda kompozitsiya asoslari, o'quv qalamtasvir va qalamchizg'ilar bajarishda kompozitsiya asoslari va ijodiy malakalarni rivojlantirish, badiiy ta'limda qalamchizg'ilarning ahamiyati va hayvon va qushlarning anatomik tuzilishi xususiyatlari.
  • Rangtasvir asoslari: Rangtasvir tushunchasi, axromatik va xromatik ranglar, iliq va sovuq ranglar, asosiy va qoʻshimcha ranglar, rangning xususiyatlari, akvarel boʻyoqda ishlash texnikasi, rang doirasi haqida ma'lumot, rangtasvirda turli sirtlarni ifodalay bilish, odam boshining rangtasvirini ishlashda hal etiladigan oʻquv vazifalari, odam boshini rangtasviri ustida ish olib borish bosqichlari va har xil masofada turgan odam gavdasini rangtasvirda ifoda etish.
  • Kompozitsiya asoslari: Kompozitsiya oʻquv predmeti sifatida, kompozitsiyaning asosiy qonuniyatlari, interer, fazo, atrof-muhit va vaqt kompozitsiyaning faktorlari sifatida, plakat sanʼati haqida, kitob va kitob grafikasi, mahobatli bezak sanʼati, manzara kompozitsiyasi, portret rangtasviri va kompozitsiya masalalari.