Bolalar va o`smirlarda jismoniy mashqlar hamda sport bilan shug`ullanishning o`ziga xos xususiyatlari

Ushbu kitobda bolalar va o'smirlarning jismoniy rivojlanishi, jismoniy tarbiya asoslari, mashqlar fiziologiyasi va ularning organizmga ta'siri, hamda sport mashg'ulotlarining metodik jihatlari yoritilgan. Shuningdek, bolalarni jismoniy tarbiyalashda e'tiborga olinishi kerak bo'lgan jihatlar, sog'lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalar ko'rsatilgan.

Asosiy mavzular

  • Bolalar va o'smirlarning o'sish va rivojlanish davrlari: Bolalarning yoshiga qarab o'sish va rivojlanish davrlari, ularning fiziologik xususiyatlari va jismoniy tarbiya jarayonida e'tiborga olinishi zarur bo'lgan jihatlar haqida ma'lumot beriladi.
  • Bolalar va o'smirlar organizmining fiziologik xususiyatlari: Bolalar va o'smirlar organizmining modda almashinuvi, yurak-qon tomir sistemasi, nafas olish sistemasi va boshqa fiziologik xususiyatlari yoritiladi. Yoshga bog'liq o'zgarishlar va jismoniy mashqlarning ta'siri tahlil qilinadi.
  • Bolalar va o'smirlar organizmida harakatlar koordinatsiyasi va harakat sifat ko'rsatkichlarining o'ziga xos xususiyatlari: Bolalarda harakatlarni muvofiqlashtirish, tezlik, kuch, chidamlilik kabi sifatlarning rivojlanishi, jismoniy mashqlarning ta'siri va metodik tavsiyalar keltiriladi.
  • Jismoniy mashqlar: Jismoniy mashqlarning turlari, ularning organizmga ta'siri va bolalar uchun mashqlar tanlash mezonlari.Har xil yoshdagi bolalarga mos mashqlar va ularni o'tkazish metodikasi ko'rib chiqiladi.
  • Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning maqsad va vazifalari, jismoniy tarbiya vositalari va gigienik omillar haqida ma'lumot beriladi. Harakat o'yinlari va mashqlarning ahamiyati tahlil qilinadi.