«Savod o’rgatish davrida pedagogik texnologiyalardan foydalanish»

Ushbu bitiruv malakaviy ish boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodxonligini oshirishda ta'limiy diktantlardan foydalanishga bag'ishlangan. Unda o'quvchilarni savodli va husnixat asosida yozishga o'rgatish masalalari, darslarni interaktiv usulllar hamda didaktik o'yinlardan foydalanib tashkil etish masalalirga asosiy e'tibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Savod o'rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari: Savod o'rgatishning o'ziga xosliklari, maqsad va vazifalari, o'quvchilarni o'qish va yozishga o'rgatish usullari, diktant turlari ko'rib chiqiladi. O'qish malakalarini shakllantirish, analitik-sintetik tovush usuli, tovush va harflar bilan ishlash usullari, yozuv malakalarini rivojlantirish va savodxonlikni oshirish muhimligi ta'kidlanadi.
  • Savod o'rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatishda pedagogik texnologiyadan foydalanish: Dars jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga e'tibor qaratiladi. Ta'limiy o'yinlarning ahamiyati, turli interaktiv metodlar va ularning qo'llanilishi, xususan "Klaster", "Kim qayerda?" kabi metodlar batafsil yoritiladi.
  • Savod o'rgatish davrida ta'limiy diktantlardan foydalanish usullari: Ta'limiy diktant turlari (ta'kidiy, o'z diktant, izohli, saylanma, erkin va boshqalar) va ularni o'tkazish usullari batafsil ko'rib chiqiladi. Har bir diktant turining maqsad va vazifalari, qo'llaniladigan metodikalar, o'quvchilarga topshiriqlar berish usullari tahlil etiladi.
  • Tajriba-sinov ishlari va natijalari: Tajriba-sinov ishlarini o'tkazishga tayyorgarlik, tajriba ishlari va ularning tahlili ko'rib chiqilgan. O'quvchilarning savodxonlik darajasini oshirish uchun o'tkazilgan tajribalar natijalari tahlil qilinib, samarali metodlar va usullar aniqlanadi.