“Axborot - tanuvchi tizimlar” fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari o’tkazish uchun virtual laboratoriyalar majmuasini yaratish
Ushbu kitob o'quv jarayonida qo'llaniladigan virtual laboratoriyalarning ilmiy-metodik asoslarini, yaratilish bosqichlarini va ularning afzalliklarini tahlil qiladi. Shuningdek, turli xil dasturiy vositalar bilan taqqoslab, eng maqbulini aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, o'quv virtual laboratoriyalarini yaratishda e'tiborga olinishi kerak bo'lgan tamoyillar va xarakterli parametrlar haqida ma'lumot beradi hamda talabalarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar beradi.
Asosiy mavzular
- Elektron o'quv materiallari va virtual laboratoriyalarning ta'lim jarayonidagi o'rni: Elektron o'quv materiallarining asosiy shakllari, virtual laboratoriyaning mohiyati va natur laboratoriyalardan farqi, virtual o'quv laboratoriyani loyihalash aspektlari, tarkibiy qismlari va ularni tashkil qilish, axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga qo'llashning dasturiy vositalari.
- "Axborot-tanuvchi tizimlar" fanidan amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish tahlili: "Axborot-tanuvchi tizimlar" fanining amaliy va laboratoriya ishlari tahlili, laboratoriya ishlarini bajarishning maqsad va mazmuni, amaliy va laboratoriya ishlari tahlili bo'yicha hisobot tayyorlash.
- Moodle tizimida “Axborot-tanuvchi tizimlar” fanidan multimediali elektron o'quv kurs ishlab chiqish: Moodle da kursni yaratish, kursda nazorat shakllari, MOODLE platformasiga amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini joylashtirish.
- "Axborot-tanuvchi tizimlar” fanidan yaratilgan virtual laboratoriyaning tarkibi va uni ta'lim jarayonida qo'llash: Virtual laboratoriyaning tarkibiy tuzilishi, virtual laboratoriya bilan ishlash va undan foydalanish tartibi, kompyuter sinfxonalarida hayot faoliyati havfsizligiga rioya etish qoidalari.