Buxoro viloyati sharoitida ko’p cho’michli ekskavatorlarning ish unumdorligini oshirish

Ushbu bitiruv malakaviy ishi ko'p cho'michli ekskovatorlarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashni tashkil etishga yo'naltirilgan bo'lib, ularning Buxoro sharoitidagi ahamiyatini ochib beradi. Ish unumdorligini oshirish bo'yicha loyihalash ishlari bajarilgan. Melioratsiya va qurilish mashinalarining ish tartibi, shuningdek, mehnat muhofazasi va atrof-muhit himoyasiga doir chora-tadbirlar ko'rib chiqilgan. Texnologik qismda kollektorlarni tozalashning mexanizatsiyalashgan ishlarini texnalogiyasi asoslangan. Ishlab chiqarish dasturi va texnik-iqtisodiy hisoblar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Ko'p cho'michli ekskavatorlardan foydalanish va mavjud muammolar: Ko'p cho'michli ekskavatorlarning turlari, sinflari va ularning ishlash prinsiplari, afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan. Ularning texnik tavsiflari, zanjirli va rotorli ish jihozlari bilan jihozlangan ekskavatorlarning konstruksiyalari va mexanizmlari ko'rib chiqilgan.
  • Buxoro viloyatida suv xo'jaligiga ixtisoslashtirilgan Davlat unitar korxonalari: Viloyatdagi melioratsiya va suv xo'jaligi korxonalari faoliyati, ularning texnik bazasi va asosiy vazifalari tavsiflangan. Davlat dasturiga kirgan suv xo'jaligi loyihalari, rekonstruksiya qilish qurish, ta'mirlash ishlari yoritilgan.
  • Buxoro viloyati sharoitida kollektorlarni tozalashning mexanizastiyalashgan ishlarni texnalogiyasini asoslash: Kollektor o'zanidan cho'kindi-loyqa gruntdan tozalash ishlari solishtirma va umumiy hajmlari hisoblanadi.Kollekto o'zanini bir taraflama kengaytirishda qazib olinadigan, ekskavator kovshiga yopishadigan grunt solishtirma hajmi aniqlanadi
  • Texnik-iqtisodiy hisoblar: Yillik ishlab chiqarish dasturi asosida sarflanadigan mablag'ni aniqlash usullari, asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati, shartli ta'mirlashning tannarxi, ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi, va ta'mirlash ishlari hisoblab chiqariladi
  • Mehnat muhofazasi va atrof-muhit himoyasi: Mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni himoya qilishning huquqiy asoslari, ko'p cho'michli ekskavatorlardan foydalanishda mehnat xavfsizligi va atrof-muhit himoyasiga doir chora-tadbirlar keltirilgan.