Zamonaviy temperatura o’lchash asboblarini tahlil qilish
Ushbu kitob zamonaviy temperatura o'lchash asboblarining tahliliga bag'ishlangan. Unda harorat tushunchasi, o'lchash usullari, termometrlarning ishlash prinsiplari, xatoliklar va ularni kamaytirish yo'llari, hamda turli sohalarda qo'llaniladigan zamonaviy termometrlarning turlari ko'rib chiqilgan. Kitob talabalar, muhandislar va ilmiy xodimlar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Haroratni o'lchash asoslari: Harorat tushunchasi, harorat shkalalari (Selsiy, Kelvin, Farengeyt), harorat o'lchashning fizik asoslari, termometrlarga qo'yiladigan talablar.
- Kengayish termometrlari: Suyuqlikli termometrlar (simobli, spirtli), bimetall termometrlar, ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari, afzalliklari va kamchiliklari.
- Manometrik termometrlar: Gazli, suyuqlikli va kondensatsion manometrik termometrlar, ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari, afzalliklari va kamchiliklari.
- Termoelektrik termometrlar: Termoelektrik effekt, termoelektrik materiallar, termoelektrik termometrlarning tuzilishi, ishlash prinsiplari, afzalliklari va kamchiliklari.
- Qarshilik termometrlari: Metall va yarimo'tkazgichli qarshilik termometrlari, ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari, afzalliklari va kamchiliklari.
- Nurlanish pirometrlari: Optik pirometrlar, spektral nisbat pirometrlari, radiatsion pirometrlar, ularning ishlash prinsiplari, afzalliklari va kamchiliklari.
- Maxsus termometrlar: Nurlanish pirometrlari yordamida haroratni o'lchash, sirt haroratini o'lchash, alanga haroratini o'lchash, eritmaning haroratini o'lchash
- Logometrlar: Logometrlarning ishlash prinsipi, qarshiliklarni o'lchash, elektr zanjiridagi toklar nisbati, afzalliklari va kamchiliklari.
- Qarshiliklarni o'lchashning ko'prik sxemasi: Ko'prik sxemasi, qarshilik termometri, muvozanatlashtirilgan ko'priklar, muvozanatlashtirilmagan ko'priklar, afzalliklari va kamchiliklari