Тарбиявий ишлар методикаси

Ushbu kitob bo'lajak pedagoglarga "Tarbiyaviy ishlar metodikasi" fanini o'zlashtirishda yordam beradi. Unda fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, tarbiyaning turli metodlari va shakllari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Fanga kirish: Ushbu bo'lim fanning maqsadlari, vazifalari va asosiy tushunchalarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, tarbiyaning jamiyatdagi roli va shaxs tarbiyasidagi ahamiyati ko'rib chiqiladi.
  • Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining mazmuni: Mazkur mavzu tarbiya turlari, metodlari, shakllari va usullarini o'z ichiga oladi. Bunda tarbiyaning nazariy asoslari, tarbiyaviy ishlar jarayonini tashkil etish, tarbiyaviy tadbirlar va o'yinlar, ularning ahamiyati va metodikasi yoritiladi.
  • Sinf rahbarining faoliyati: Ushbu bobda sinf rahbarining roli, vazifalari va faoliyat yo'nalishlari batafsil bayon etilgan. Sinf rahbarining o'quvchilar bilan ishlash metodlari, ota-onalar bilan hamkorlik va tarbiyaviy jarayonni tashkil etish usullari ko'rsatilgan.
  • Oila va jamiyat bilan hamkorlik: Ushbu mavzu ota-onalar va jamiyat bilan hamkorlikni tashkil etish, tarbiyaviy ishlar rejasini tuzish, ota-onalar bilan ishlash shakllari, maktab va oila hamkorligining ahamiyati kabi masalalarni qamrab oladi.
  • O'quvchilar jamoasini o'rganish: O'quvchilar jamoasini shakllantirish va tarbiyalash metodlari, o'quvchilarning psixologik xususiyatlari, jamoaviy faoliyatda ishtirok etishning ahamiyati va jamoa a'zolarining vazifalari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Tarbiya jarayonida rag'batlantirish va jazolash: Ushbu bobda rag'batlantirish va jazolash usullari, ularning tarbiyaviy jarayonga ta'siri, ushbu usullarni qo'llashda e'tiborga olish kerak bo'lgan jihatlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Ahlok odob tarbiyasi: O'quvchilarni axloqiy tarbiyalash, ahloq odob tushunchasi, shuningdek shaxsning kamoloti batafsil ochib berilgan. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchining axloqi va odobi.