Shaharsozlik nazariyasi asoslari
Ushbu kitob shaharsozlik nazariyasi asoslarini, arxitektura va shahar qurilishi prinsiplarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda shaharsozlikning asosiy tushunchalari, shahar va qishloq joylarini rejalashtirish, ularning rivojlanish tendensiyalari, aholi joylashuvi, transport tizimi, kommunal va sanoat hududlari, ko'kalamzorlashtirish va landshaft dizayni kabi masalalar yoritilgan. Kitob kelajak shaharsozligi g'oyalarini ham qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- Shaharsozlik asoslari: Shaharsozlikning mohiyati, vazifalari va prinsiplari, shahar va qishloqlar haqida umumiy tushunchalar, shaharsozlik va arxitektura o'rtasidagi bog'liqlik.
- Shahar va aholi joylashuvi: Aholi joylashuvining turlari, shakllari, tizimi, qishloq va shahar joylarining rivojlanish jarayonlari.
- Tumanni rejalashtirish: Tumanni rejalashtirishning asosiy masalalari, vazifalari, hududni tahlil qilish, hududiy tuzilmalar va loyihalar.
- Demografik omillar va migratsiya: Demografik omillarning shaharsozlikka ta'siri, aholi ko'chish jarayonlari, aholining yosh va bandlik tarkibidagi o'zgarishlar.
- Shaharlarning kelajakdagi sonini aniqlash: Shahar tashkil qiluvchi guruhlar, aholiga xizmat qilish guruhlari, mehnat balansi ulusi, shahar aholisining sonini hisoblash usullari.
- Shaharlar tipologiyasi: Shaharlarning tasnifi, turlari, aholisining soniga qarab guruhlanishi, shahar loyihasining asosiy prinsiplari.
- Shahar rivojlanishi uchun hudud tanlash: Shaharni rejalashtirish loyihasini tuzish, yangi shahar qurilishi va mavjud shaharni kengaytirish, hudud mikroiqlimi, hududning me'moriy landshafti.
- Shaharning transport tarmog'ini loyihalash: Ko'chalar, ko'cha yo'l tarmoqlarining prinsipial sxemasi, ko'cha yo'l tarmoqlariga qo'yiladigan talablar, ko'cha unsurlari, aholi yashash joylari ko'chalarining tasnifi.
- Shaharning rejaviy tuzilishi: Shaharning asosiy funksional hududlari, aholi yashaydigan hududlar, sanoat hududlari.
- Shahar markazi: Shahar markazlarining tarxiy kompozitsiyasi, shahar markazining umumiy kattaligi, shahrning jamoat markazi, markazni transport bilan ta'minlash.
- Kommunal ombor hududi va tashqi transport qismi: Kommunal omborxona xo'jaligi, shaharning ko'kalamzorlari hududi, tashqi transport qismi.
- Turar joy tumanlari tuzilishi: Turar joy tumanlari va kichik tumanlarning tuzilish prinsiplari, aholiga xizmat ko'rsatish, transport xizmati, ko'kalamzorlashtirish tizimi.
- Turar joy tumanlari va kichik tumanlarning funkdional rejaviy tuzilishini shakllantirish: Turar joy qurilmalari, tabiiy iqlimiy sharoitlar, tashqi transport qismi, me'moriy kompozitsiya.
- Shaharni me'moriy-badiiy kompozitsiyasi: Shaharning me'moriy-badiiy ko'rinishini tashkil etuvchi asosiy omillar, me'moriy ansambl, dinamika, shakl va xususiyatlar, turar joy tumanlari qurilmalarining me'moriy-badiiy yechimlari.
- Qishloq aholi joylarini loyihalashtirish: Qishloq aholi joylarini rejalashtirishning asosiy prinsiplari, ishlab chiqarish hududlari, turar joy uylari, jamoat markazlari, ko'kalamzorlashtirish.
- O'zbekiston shaharsozligining hozirgi zamon xususiyatlari va kelajagi: O'zbekiston Respublikasida hozirgi zamon aholi joylashuvi xususiyatlari va urbanizatsiyaning xususiyatlari hamda urbanizatsiya muammolari.
- Kelajak shaharsozligi g'oyalari: Kelajak shaharlarini loyihalash, shaharning landshaftini tashkil etish, shahar aglomeratsiyasi, shahar bosh tarxlari.