So‘zlashuv nutqiga xoslangan jargo va argolar

Ushbu malakaviy ish "So'zlashuv nutqiga xoslangan jargo va argolar" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda so'zlashuv nutqining o'ziga xos xususiyatlari, unga xos bo'lgan jargo va argolarning lingvistik mohiyati, tasnifi va badiiy asarlarda qo'llanilishi masalalari ko'rib chiqilgan. Ishda, shuningdek, so'zlashuv nutqida qo'llaniladigan tabu va evfemizmlar, kinoya va piching so'zlar ham tahlil etilgan. Muallif o'zbek tilshunosligida ushbu masalaning o'rganilish darajasini baholab, mavzuning dolzarbligini asoslab bergan. Bitiruv ishida jargo va argolarning adabiy nutqqa ta'siri, ularning ijobiy va salbiy jihatlari ham ko'rsatib o'tilgan.

Asosiy mavzular

  • So'zlashuv nutqi haqida tushuncha: So'zlashuv nutqining leksik xususiyatlari, uning xarakterlovchi belgilari va mezonlari, oddiy muomalaga oid so'zlar, uslubi, soda tilga munosabati, erkalov va kichraytiruv so'zlari, tabu va evfemizmlar, kinoya va piching so'zlar.
  • So'zlashuv nutqiga xoslangan jargo va argolar: Jargo va argolarning tasnifi, saroy amaldorlari va din peshvolari nutqidagi, savdogarlar va bozorchilar nutqidagi, otarchilar va sozandalar nutqidagi, xotin-qizlar va talabalar nutqidagi jargolar va argolar, adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi belgilari.
  • Badiiy asarlarni o'tish jarayonida uslublar haqida ma'lumot berish: Badiiy asar tahlilida so'zlashuv uslubi, jargo va argolarning badiiy asarda uslubiy qo'llanilishi, o'qituvchining vazifalari.