Психология

Ushbu kitob psixologiya fanining asosiy tushunchalari, insonning shaxs sifatida rivojlanishi, jamiyat bilan munosabatlari, guruhiy faoliyat, yetakchilik, shuningdek, o'qitish uslublari va texnologiyalarini o'z ichiga oladi. Kitobda psixologik bilimlar, o'z-o'zini anglash, shaxsiy o'sish, jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish masalalari ko'rib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Psixologiya fanining vazifalari va predmeti: Fanning dolzarbligi, vazifalari, tadqiqot obyekti, shaxsning ma'naviy shakllanishidagi ahamiyati, psixologik bilimning jamiyatdagi o'rni.
  • Psixologik tadqiqot metodlari: Ilmiy tadqiqot usullari, ularning afzalliklari va kamchiliklari, psixologiyada qo'llaniladigan zamonaviy metodlar.
  • Shaxs va jamiyat: Shaxsning ijtimoiy mohiyati, jamiyat bilan o'zaro munosabatlari, ijtimoiy normalar, rollar, ijtimoiy ta'sirlar, shaxsning o'z-o'zini anglashi, yo'naltirilganligi, temperament.
  • Shaxsning faolligi: Faoliyat turlari, motivatsiya va uning boshqarilishi, ijtimoiy xulq motivatsiyasi, anglangan va anglanmagan motivlar.
  • Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi: Bilish jarayonlari, sezgi, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, bilish mezonlari va ularning adekvatligi.
  • Tafakkur va mustaqil fikrlash: Tafakkur turlari, mustaqil fikrlashning o'rni, ijodiy va mantiqiy fikrlash, sog'lom ma'naviyat.
  • Shaxsning individual xususiyatlari: Qobiliyatlar, temperament, xarakter va ularni diagnostika qilish usullari, qobiliyatlarning psixologik strukturasini bilish.
  • Shaxs taraqqiyotining yoshga bog'liq xususiyatlari: O'smirlik va o'spirinlik davrlari psixologiyasi, yosh davrlarida shakllanadigan xususiyatlar.
  • Shaxs insoniy munosabatlar tizimida: Muomala texnikasi va strategiyasi, ijtimoiy ta'sir masalalari, samarali ta'sir sirlari.
  • Guruhlarda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish: Guruh turlari, guruhiy o'zaro moslik, liderlik va konformizm hodisalari.
  • Guruh sharoitida zamonaviy o'qitishning pedagogik va psixologik texnologiyalari: A auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari, faol o'qitish metodlari, bahs turlari.