Кичик бизнес ва тадбиркорлик

Ushbu o'quv qo'llanma kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyatini ochib beradi, uning iqtisodiyotdagi rolini, rivojlanish omillarini, tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish, tahlil qilish usullarini ko'rsatadi. Shuningdek, bank, soliq, audit bilan aloqalari, moliyaviy ta'minlash shakllari ham yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Kichik biznes va tadbirkorlikning iqtisodiy asoslari: Mazkur mavzu kichik biznes va tadbirkorlikning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, vazifalari, rivojlanish bosqichlari, tadbirkorlik muhiti va unga ta'sir etuvchi omillarni o'rganadi.
  • Kichik biznesni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash: Mazkur mavzu kichik biznes subyektlariga davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar, soliq siyosati, infratuzilma ob'ektlari, tashkil etish va moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini qamrab oladi.
  • Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari: Ushbu mavzuda tadbirkorlikning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy, maslahat turlari, yakka tartibdagi, xususiy, jamoa tadbirkorlik shakllari, aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllari ko'rib chiqiladi.
  • Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish: Mazkur mavzu biznes g'oyasini tanlash, texnik-iqtisodiy asoslash, o'z biznesini ro'yxatdan o'tkazish, tashkiliy tuzilmani shakllantirish, ish yuritish va davlat organlari bilan munosabatlarni o'z ichiga oladi.
  • Kichik biznes korxonalarida faoliyatni rejalashtirish: Rejalashtirishning ahamiyati, turlari, bosqichlari, biznes-reja tuzish tartibi, moliyaviy rejalashtirish, marketing rejalashtirish va ishlab chiqarish rejalashtirish kabi masalalar yoritilgan.
  • Kichik biznes va tadbirkorlik фаолиятида маркетинг ва товарларни сотиш: Ушбу мавзу кичик бизнесда маркетингнинг мохияти, бозорни урганиш , бозорни сегментлаш, рекламанинг роли ва маркетингни бошкариш каби мазмунларни уз ичига олади.
  • Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни бошқариш психологияси: Ушбу мавзуда бошқарувнинг мохияти, ташкилий бошқарув, бошқарув услублари ва фаолият турлари тугрисида ёритилади.
  • Кичик бизнес ва тадбиркорликнинг молиявий фаолияти ва кредит билан таъминлаш: Молиялаштириш манбалари ва аҳамияти, кредиторлар, қарз маблағларини бериш тартиби ва кредит таъминоти шакллари.
  • Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик фаолиятида банкротлик: Банкротликнинг моҳияти, сабаблари, банкротликка олиб келувчи омиллар ва олдини олиш йўллари. Корхоналарни тугатиш ва қайта ташкил этиш.