Шарли тегирмонда гипс ишлаб чиқариш технологиясини тадқиқ қилиш

Ushbu kitob qurilish materiallari sanoatida gips ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan. Unda gipsni qazib olishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo'lgan jarayonlar, mavjud texnologiyalar tahlili, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq etish masalalari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, kitobda energiya tejamkor usullarni qo'llash, xom ashyoni oqilona ishlatish va atrof-muhitga ta'sirni kamaytirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Gips ishlab chiqarish jihozlarining adabiyotlar bo'yicha tahlili: Mavjud gips ishlab chiqarish uskunalarining turlari (shaxtali xumdonlar, davriy va uzluksiz ishlovchi qozonlar, qaynoq qatlam pechlari va boshqalar) tahlil qilinadi. Har bir uskunaning afzalliklari va kamchiliklari, texnologik xususiyatlari ko'rsatiladi. Chet el tajribasi (Xitoy, Samara «строймашина» zavodi) o'rganiladi.
  • Gips ishlab chiqarish nazariy asoslari: Gipsning tarkibi, xossalari va turlari, gipsli bog'lovchi moddalar haqida ma'lumotlar beriladi. Gipsni ishlab chiqarish usullari va qurilish gipsining xususiyatlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, gips pishiruvchi sharli barabanli qozonning tuzilishi va ishlash prinsipi bayon etiladi.
  • Tuyish jarayonining nazariy asoslari: Materiallarni tuyish jarayoni, sharli va quvurli tegirmonlarning tuzilishi va ishlash prinsipi, baraban aylanish tezligi, sharlarning harakati, maydalovchi jismlarning harakati va og'irligi, ishlatiladigan quvvat va sharli tegirmonlar ishlash semasi batafsil bayon etiladi.
  • Tajribaviy qism: Tajriba qurilmasining konstruksiyasi va ishlash prinsipi tavsiflanadi. Tajriba qurilmasida gips toshini pishirish va tuyish jarayonining borishi, olingan natijalar, shamollatish koeffitsientining ish unumdorligiga bog'liqligi, gipps toshini tuyish jarayonida barabanning maksimal aylanishlar tezligini aniqlash va tuyish jarayonida energiya sarfini aniqlash kabi mavzular yoritiladi.