Ideal suyuqlik va deformatsiyalanuvchi muhit bilan nostatsionar ta’sirlashuvchi anizotrop silindrik qatlamning bo’ylama tebranishlari
Dissertatsiyada deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasining dolzarb muammolari, tutash suyuq va qattiq muhitlar bilan ta'sirlashuvchi silindrik qatlam va qobiqlarning kuchlangan-deformatsiyalangan holatlarini aniqlash masalalari o'rganilgan. Ideal suyuqlik va deformatsiyalanuvchi muhit bilan ta'sirlashuvchi anizotrop silindrik qatlamning bo'ylama tebranishlari masalasi ko'rib chiqilgan. Tebranishlar tenglamalari, kuchlanish tenzorlari, ko'chish vektorlari va suyuqlik bosimini aniqlash formulalari keltirib chiqarilgan.
Asosiy mavzular
- Doiraviy silindrik qatlamning tebranishlari. Asosiy tenglama va munosabatlar: Qovushoq suyuqlik va deformatsiyalanuvchi muhitning silindrik qatlam va qobiqlar bilan o'zaro ta'sirlashuvi, deformatsiyalanuvchi qattiq jism nuqtasida kuchlanish va deformatsiya orasidagi bog'lanishlar, suyuqlik harakati uchun asosiy tenglamalar, qovushoq-elastik jism nuqtasidagi kuchlanishlar va deformasiyalar orasidagi bog'lanishlar ko'rib chiqiladi.
- Ideal suyuqlik va deformatsiyalanuvchi muhit bilan nostatsionar ta'sirlashuvchi anizotrop silindrik qatlamning bo'ylama tebranishlari: Ideal suyuqlik va deformatsiyalanuvchi muhit bilan ta'sirlashuvchi anizotrop silindrik qatlamning bo'ylama-radial tebranishlari, qatlam nuqtalaridagi kuchlanish va ko'chishlarni hamda suyuqlik bosimini aniqlash, qovushoq-elastiklik xususiyati va o'rab turuvchi muhit hisobga olingan holda transversal-izotrop silindrik qatlamning bo'ylama-radial tebranishlari, tenglamalarning limitik va xususiy hollari o'rganiladi.