Aylanish inersiyasi va ko’ndalang siljish deformatsiyasini hisobga olganda balkaning bo’ylama majburiy tebranishlari.

Mazkur magistrlik dissertatsiyasi doirasida doiraviy elastik balka va sterjenlarning bo'ylama tebranishlari, ularning klassik va aniqlashtirilgan tenglamalari asosida tadqiq etiladi. Ishda, shuningdek, suyuqlik bilan ta'sirlashuvchi doiraviy silindrik sterjenning bo'ylama tebranishlari ham o'rganiladi.

Asosiy mavzular

  • Doiraviy elastik balka va sterjenlarning nostatsionar bo'ylama tebranish tenglamalari: Ushbu bob doirasida silindrik qatlamlar, qobiqlar va sterjenlar tipidagi konstruksiya elementlari hamda elastik va qovushoq-elastik jismlarning tutash muhit bilan o'zaro ta'sirlashuvi haqidagi ilmiy adabiyotlar sharhi berilgan. Doiraviy silindrik elastik sterjenlarning buralma nostatsionar tebranishlarining umumiy tenglamalari keltirib chiqarilgan.
  • Doiraviy elastik balkaning majburiy bo'ylama tebranishlarini aylanish inersiyasi va ko'ndalang siljish deformatsiyasini hisobga olib tadqiq etish: Ko'ndalang kesimi doiraviysilindrik qobiqning bo'ylama tebranish umumiy tenglamalaridan, qobiqning ichki radiusi nolga teng bo'lgan xususiy holi uchun doiraviy qayishoq-elastik sterjenning umumiy tenglamalari keltirib chiqarilgan. Suyuqlik bilan ta'sirlashuvchi doiraviy silindrik sterjenning bo'ylama tebranishlari haqidagi masalavauzunligi bir tomonlama chegaralangan va bir uchi qistirib mahkamlangan doiraviy balkaning bo'ylama tebranishlarida uning kuchlangan-deformatsiyalangan holatini aniqlash haqidagi masala yechilgan.
  • Doiraviy elastik sterjenning bo'ylama tebranishlari haqidagi masalaning qo'yilishi: Bir jinsli va izotrop, radiusir bo'lgan doiraviy silindrik elastik sterjenni silindrik koordinatalar sistemasida qaraymiz. Tebranish tenglamalarini chiqarishda sterjenni uch o'lchovli jism deb hisoblaymiz. Ushbu dissertatsiya doirasida balkaning bo'ylama tebranishlari tadqiq etiladi.
  • Doiraviy elastik balkaning bo'ylama tebranishlari klassik va aniqlashtirilgan tenglamalari: Ushbu bob doiraviy qovushoq-elastik balka va sterjenlarning bo'ylama tebranishlarini uning aniqlashtirilgan tenglamasi asosida tatqiq etishga bag'ishlangan va Ko'ndalang kesimi doiraviysilindrik qobiqning bo'ylama tebranish umumiy tenglamalaridan, qobiqning ichki radiusi nolga teng bo'lgan xususiy holi uchun doiraviy qovushoq-elastik sterjenning umumiy tenglamalari keltirib chiqarilgan.