Jism va jismlarsiz bajariladigan mashqlarni o’rgatish metodikasi

Ushbu kitob O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, gimnastika mashqlarini o'rgatish metodikasi, gimnastika atamalari va ularning ahamiyati, gimnastikaning qisqacha tarixi, gimnastika mashqlarining turlari, ularni bajarish usullari, mashqlarning navbatlantirilishi, darsning zichligi, shug'ullanuvchilarga qo'yiladigan talablar, darsning tayyorgarlik qismi va boshqa shu kabi muhim mavzularni qamrab olgan.

Asosiy mavzular

  • Jismoniy tarbiya sistemasida gimnastika: Gimnastikaga ta'rif beriladi, uning asosiy vazifalari, bolalar va o'smirlar jismoniy shakllantirishda gimnastikaning o'rni, gigiena va sog'lomlashtirish ahamiyati haqida ma'lumot beriladi.
  • Gimnastikaning qisqacha tarixi: Gimnastikaning vujudga kelishi, yangi davr gimnastikasi, milliy gimnastika sistemalarining yaratilishi haqida ma'lumot beriladi.
  • Gimnastika atamalari. Terminologiyaning ahamiyati: Terminologiyaga qo'yiladigan talablar, terminlarni yasash usullari, qo'llanish qoidalari haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Gimnastika O`quv-ilmiy fan sifatida: Gimnastika mashqlarni o`rganish gimnastikasi mashg`ulotlarida asosiy o`rinda turadi. Gimnastika o'sib ketayotgan avlodga ta'lim va tarbiya berish sistemasidagi pedagogik bilim soxasi, otilishi shart bo`lgan o`quv darsi xisoblanadi. Dars sifatida u maktablarda, o`rta va oliy o`quv yurtlarida o`qitiladi.
  • Gimnastikaning turlari: Gimnastika mashqlari hamda ixtisosining xilma-xilligini xisobga olib, turli pedagogik vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishdan ortirilgan tajribalarni nazarda tutib, GIMNASTIKAni mustaqil turlarga ajratish mumkin.